“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI
Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident qaror va farmonlarini nazariga ilmaydigan “Hududgaz Andijon” filiali” sarlavhali murojaat tarqaldi. Unda Andijon tumanidagi “Jaxonobod” MFY hududini to‘liq tabiiy gaz bilan ta'minlash bo‘yicha “Xududgaz Andijon” GTF tomonidan taqdim etilgan 2021 yil 6 iyul' kungi 1/164-sonli taxnik sharti qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganib chiqilishini so‘rab murojaat qilingan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Tabiiy gaz bilan gazlashtirish loyihasini ishlab chiqarish va gazlashtirishga texnik shart bugungi kunda davlat ximatlari agentligi tomonidan taqdim etiladi. Bunda jismoniy yoki yuridik shaxs davlat xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qilishi kerak hamda murojaatga javob uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Murojaatda qayd etilgan 1/164-sonli texnik shart uchun 05.07.2021 yil sanasida davlat xizmatlari markaziga 33428822-sonli ariza kelib tushgan va ushbu ariza 06.07.2021 yil sanasidagi 1/164-sonli texnik shart bilan qanoatlantirilgan. Ushbu texnik shart O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli hamda 2019-yil 16-martdagi 226-sonli qarorlari talablari doirasida ishlab chiqilgan.
Andijon tumani “Jahonobod” MFYni tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun texnik shartda ko‘rsatib o‘tilgan talablar bajarilsa hamda tegishli tartibdagi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng hudud tabiiy gaz bilan ta'minlanishini ma'lum qilamiz.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati