“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


“Andijon | Kun.uz” telegram kanalida “Ko‘chamizda gaz bosimi juda ham past” sarlavhali murojaat tarqalgan bo‘lib, unda Andijon shahri “Sadoqat” MFYning “Sayfiy” ko‘chasida gaz bosimi pastligi bo‘yicha murojaat qilingan. Ushbu murojaat “Hududgaz Andijon”gaz ta'minoti filiali va “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi mutaxassislari bilan o‘rganib chiqildi. 

Andijon shahridagi “Sadoqat” MFY o‘ramidagi xonadonlar “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Bo‘ston” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasidan tabiiy gaz bilan ta'minlanadi. Ma'lumki, respublikamizga so‘nggi kunlarda kirib kelgan sovuq havo oqimi tufayli tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygan hamda “Sadoqat” MFY o‘ramidagi aholi xonadonlarida ham tabiiy gaz ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Hozirda ushbu hududda, jumladan “Sadoqat” MFY o‘ramidagi “Sayfiy” ko‘chasida tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklangan va aholi xonadonlarida me'yor darajasida gaz yonmoqda. “Sayfiy” ko‘chasiga tabiiy gaz yetazib beruvchi gaz tarqatish qurilmasidagi chiqish bosimi tekshirilganida, 220 mm suv ustunini ko‘rsatmoqda va bosim 0.02 sm/m³ni tashkil etmoqda.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page