“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI 

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI 


Ijtimoiy tarmoqlarda "Asaka tumani, "Hamdo‘stlik" MFY, “Toshkentboev” ko‘chasida istiqomat qilamiz. Sentyabr oyidan boshlab, ya'ni kunlar sovishi bilan mahallamizda gaz bosimi kamaya boshladi va hozirda gaz umuman chiqmayapti. Yosh bolali oilalar, yoshi kattasi borlar qiynalyapti. Ovqat qilishga, uy isitishga qiyinchilik bo‘lmoqda." mazmunidagi murojaat qoldirilgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Asaka tumanidagi “Hamdo‘stlik” MFY o‘ramida joylashgan “Toshkentboev” ko‘chasi “Asaka” avtomatik agz tarqatish shoxobchasidan tabiiy gaz bilan ta'minlanib, 5-5.5 km uzoqlikda joylashgan. Hova sovigan kunlari, iste'mol ko‘payishi natijasida ta'minotda uzilishlar yuzaga kelgan. Hozirda “Asakatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tarmoqning chiqish qismidagi shaybani navbatdagisiga almashtirilgan. Tarmoqda rejim-sozlash ishlari olib borilgach, muammo bartaraf etildi va xonadonlardagi tabiiy gaz ta'minoti qoniqarli darajada. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page