“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hududgaz xodimlarining bayram kunlarida ishlagani uchun beriladigan maoshi qaerda?” sarlavhali xabar tarqalgan edi. Ushbu xabarda Filialning “Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchasida ishlovchi soha xodimlari “Mustakillik bayramida ham , rasman 5 kun dam olish kuni deb e'lon qilingan bo‘lsa ham, biz fakat 1-sentyabr kuni dam oldik. Dam olish kunlari ishlaganimizga ish haqi hisoblanmadi. Ko‘rib turganingizdek bizning shoxobcha xavfli ishlab chiqarish ob'ekti hisoblanadi va agar dam olish yoki bayram kuni ish kuni deb belgilansa yuqori tashkilot rasman buyrug‘i bilan navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkazib, keyin ish tashkil qilish kerak...” mazmunidagi murojaat qoldirilgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Bugungi kunda Andijon viloyatida 423 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste'molchilari mavjud bo‘lib, ularni suyultirilgan gaz bilan ta'minlash har bir shahar-tumangaz gaz ta'minoti bo‘limining maxsus reja grafigi asosida amalga oshiriladi. Bayram kunlari ham aholiga maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z vaqtida suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida, haqiqatan ham 2-,3-,4- va 5-sentyabr' kunlari ish tashkil etilgan. 

Ish tashkil etish bo‘yicha “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali direktoring 2021-yil 27-avgustdagi №165/1-sonli buyrug‘i qabul qilingan. Ushbu buyruqqa ko‘ra, Filial ixtiyoridagi “Asaka”, “Qo‘rg‘ontepa” va “Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchalari xodimlari, suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi maxsus avtomashina haydovchilari hamda chilangarlar ishga jalb etilgan. Buyruqda, barcha ishchilarga ishga jalb qilingani uchun boshqa bir ish kunida otgul berilishi, belgilangan tartib asosida ish haqi to‘lanishi shuningdek, barcha shahar-tumangaz bo‘limlarining texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandislari tomonidan texnika xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ishga jalb etilganlarni navbatdan tashqari yo‘riqnomadan o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgan. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali shuni ma'lum qiladiki, “Asaka”, “Qo‘rg‘ontepa” va “Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchalari xodimlariga 2-,3-,4- va 5-sentyabr' kunlari ishlagani uchun qo‘shimcha ish haqi hisoblangan. “Shahrixon” gaz to‘ldirish shoxobchasi yetakchi muhandisi X.Usmonovga bayram kunlari ishlagan xodimlariga tegishli tartibdagi tabel' varaqlarini o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi. “Shahrixon” GTSh xodimlariga bayram kunlari ishlagan ish haqlari oktbyar oyi uchun to‘lanadigan ish haqi bilan birga qo‘shib to‘lab berilishini ma'lum qilamiz.


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page