“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi “Muqimiy” MFY “Muqimiy” ko‘chasida joylashgan 54-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolardan tabiiy gaz ta'minotidagi uzilishlar haqida murojaat qoldirilgan. Ushbu murojaat “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi. 

Asaka tumanidagi “Muqimiy” MFY “Muqimiy” ko‘chasida joylashgan 54-ko‘p qavatli uy “Asaka” avtomatik gaz tarqatish shoxobchasi1-tarmog‘idan tabiiy gaz bilan ta'minlanib, 7 km uzoqlikda joylashgan. Ma'lumki, respublikamizga so‘nggi kunlarda kirib kelgan sovuq havo oqimi tufayli tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygan hamda Asaka tumanidagi “Muqimi” MFYdagi 54-ko‘p qavatli uyda yashovchi aholi xonadonlarida ham tabiiy gaz ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Murojaatdan so‘ng Filialning “Asakatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan tarmoqda va gaz taqsimlash qurilmalarida rejim-sozlash ishlari olib borildi. Hozirda barcha xonadonlarda tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklangan. Iste'molchilarga oktyabr oyining 20-sanasiga qadar tarmoqning chiqish qismidagi shaybani navbatdagi mavsumiy shaybaga almashtirilishi va ta'minotda uzilishlar bo‘lmasligi haqida tushunchalar berildi. 


“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page