“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA'MINOTI FILIALI RASMIY MUNOSABATI


Telegramning “Soyadagi siyosatchilar” kanalida “Kichik dahalarda haligacha nega gaz yo‘q?” (https://t.me/Soyadagi/1275) hamda “Kichik dahalarda nega gaz yo‘q!” (https://t.me/Soyadagi/1248) sarlavhali murojaatlar tarqalgan edi. Ushbu murojaatlar yuzasidan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Andijon shahridagi 2-kichik daha hududidagi 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 13-, 15- va 16- uylarda gaz ta'minotida uzilishlar bo‘lgan. Dastlab xonadon egalari murojaatiga ko‘ra, 2021-yilning 18-dekabr' kuni hududdagi hokim yordamchisi Sh.Qodirov, “Andijonshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari va MFY faollari ishtirokida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilgan (1- videolavha https://t.me/Soyadagi/1275). Uchrashuvda davomida magistral' gaz quvurlarida gaz bosimi past bo‘lganligi uchun ta'minotda uzilishlar bo‘layotganligi va rejim-sozlash ishlari olib borilayotgandan so‘ng ta'minoti tiklanayotganligi ma'lum qilindi. Shuningdek, hududdagi “Oqshom” choyxonasi, “Golden graund” tekstil', “Mashrab” milliy taomlar oshxonasi hamda “Nodira” to‘yxonalari tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan. 

Hozirda 2-kichik daha hududidagi mazkur ko‘p qavatli uylarda ta'minot me'yorida ekanligini ma'lum qilamiz.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page