“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA’MINOTI FILIALI ESLATIB O’TADI

“HUDUDGAZ ANDIJON” GAZ TA’MINOTI FILIALI ESLATIB O’TADI


Hurmatli iste’molchi, siz “Hududgazta’minot” AJ tomonidan ishga tushirilgan telegram bot orqali GNHAT (ASKUG) tizimiga ulanmagan gaz hisoblagich ko’rsatkichlarini mustaqil tarzda o’zingiz kiritishingiz mumkin. Shuningdek, tabiiy gaz isteʼmoli hajmi boʼyicha barcha zarur maʼlumotlarni olishingiz, roʼyxatdan oʼtib, shaxsiy hisob raqamlarini doimiy tekshirish imkoniyatiga egasiz. Buning uchun "Telegram" messenjeriga kirib, "qidiruv" qismiga @hgt_abonent_bot deb yozsangiz kifoya.

Gaz ta’minoti tomonidan yana bir qulaylik, GNHAT (ASKUG) tizimiga ulanmagan har bir fuqaro 1104 telefon raqamiga qo’n’giroq qilgan holda gaz hisoblagich ko’rsatkichlarini bilishi, tabiiy gaz isteʼmoli hajmi boʼyicha barcha zarur maʼlumotlarni olishi, shaxsiy hisob raqamlarini doimiy tekshirishi mumkin.

Fursatdan foydalanib, "Hududgaz Andijon" gaz ta’minoti filiali abonent va tabiiy gaz yetkazib beruvchisi oʼrtasidagi amaldagi kelishuvga binoan, isteʼmol qilingan "zangori yoqilgʼi" uchun toʼlovlarni har oyning 10-kunigacha amalga oshirish kerakligini eslatadi.

Hurmatli iste’molchi, tabiiy gaz uchun to’lovni bevosita “APELSIN” mobil ilovasi orqali ham amalga oshirishni unutmang.

“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati



Report Page