HTML darslik. Birinchi dars

HTML darslik. Birinchi dars

Yaratuvchi: Frontend Tutorials

Boshlang'ich tushunchalar:

HTML web-saytlar uchun standart belgilash tilidir.

HTML yordamida siz o'z web-saytingizni yaratishingiz mumkin.

HTMLni o'rganish juda oson - bu sizga yoqadi!

! Eslatma: HTML dasturlash tili emas. Siz uni Belgilash tili sifatida ishlata olasiz. Dasturlash tili deb hisoblasangiz xato o'ylagan bo'lasiz.

O'zingizni sinab ko'ring:

Biz sizning qulayligingiz uchun bepul onlayn kod tahrir qiladigan sayt ishlab chiqdik.

https://codepen.io/frontend-trendc/pen/qBJBjZK. Ushbu sayt orqali siz nafaqat kod yoza olasiz balki uni xatolari bor yo'qligini tekshirib ham olasiz.

HTML bilan tanishtirish:

HTML nima?

  • HTML 'Hyper Text Markup Language' (o'zbekchada: 'gipermatnli belgilash tili') degan ma'noni anglatadi
  • HTML web-sahifaning tuzilishini tavsiflaydi
  • HTML bir qator elementlardan iborat
  • HTML elementlari brauzerga kontentni qanday ko'rsatishni aytadi
  • HTML elementlari "bu sarlavha", "bu paragraf", "bu havola" va boshqalar kabi kontent qismlarini belgilaydi.

https://codepen.io/frontend-trendc/pen/qBJBjZK. Tepadagi rasmda yozilgan kodlar yordamida qanday kichik sayt yaratilganligini ko'ring. Foydalanish bo'yicha mashqlar qiling.

Rasmda ishlatilgan elementlar:

  • Element  <!DOCTYPE html> ushbu hujjat HTML5 hujjati ekanligini belgilaydi.
  • Element  <html> HTML sahifasining ildiz elementidir
  • Element  <head> HTML sahifasi haqidagi meta-ma'lumotni o'z ichiga oladi.
  • Element  <title> HTML sahifasi uchun sarlavhani belgilaydi (bu brauzerning sarlavha satrida yoki sahifa yorlig'ida ko'rsatilgan bo'ladi)
  • Element  <body> hujjatning tanasini belgilaydi va sarlavhalar, paragraflar, rasmlar, giperhavolalar, jadvallar, ro'yxatlar va boshqalar kabi barcha ko'rinadigan tarkiblar uchun konteynerdir.
  • Element  <h1> katta sarlavhani belgilaydi
  • Element  <p> paragrafni belgilaydi (ichiga biron mavzu haqida maqola yozishingiz mumkin) .

HTML elementi nima?

HTML elementi boshlang'ich teg, saytda chiqadigan biron bir ma'lumot va tugatish tegi bilan belgilanadi:

 <h1>ichiga yoziladigan ma'lumot </h1>

Eslatma: Ba'zi HTML elementlarida tarkib yo'q (masalan, <br> elementi). Bu elementlar bo'sh elementlar deb ataladi. Bo'sh elementlarda yakuniy teg yo'q!

HTML sahifa tuzilishi:

Quyida HTML-sahifa tuzilishining vizualizatsiyasi keltirilgan:

Sahifa tuzilishi

Eslatma: <body> bo'limi ichidagi kontent brauzerda ko'rsatiladi. <title> elementi ichidagi tarkib brauzerning sarlavha satrida yoki sahifa yorlig'ida ko'rsatiladi.


Shu bilan bugundi darsimiz tugadi. Darsni o'z vaqtida o'rgansangiz o'zingizga foyda bo'ladi. Darslarni bir marta o'qib chiqish bilan qanoatlanmang. Qayta qayta 3- 4 marta takrorlang. Kelgusida kuchli dasturchi bo'lishingizga yordam beradi men bu narsalarni o'zimdan kelib chiqib aytyapman.


Yaratuvchi: Frontend Tutorials

Barcha huquqlar ximoya ostida.

Report Page