HSK MOCK - HSKni ishonch bilan topshiring!
Xitoy Milliy Madaniy MarkaziHurmatli imtihon qatnashchilari!
🎉Bizda siz uchun ajoyib yangilik bor!
Biz HSK Mock bilan hamkorlik qilish bo’yicha shartnoma imzoladik. Endi O’zbekistonda xitoy tilini o’rganayotganlar istalgan vaqtda onlayn sinov imtihoni topshirib, o’zlarining xitoy tili darajasini tekshirib, HSK imtihonining sinov sertifikatini olishlari mumkin!
8 dekabrda bo’lib o’tadigan HSK imtihoniga juda oz qoldi! Imtixonga butkul tayyormisiz?
❓HSK Mock sinovida qatnashishning afzalliklari nimada?
HSK Mock — bu sinov imtihonlari uchun yagona rasmiy platformadir. Barcha topshiriqlar CTI tomonidan taqdim etilgan bo’lib, ular o’tgan yillardagi haqiqiy imtihon materiallariga asoslangan, bu esa savollarning maksimal darajada samarali bo’lishini kafolatlaydi .
1. 🔥 Natijalarni yaxshilash: Sinov imtixonidagi xatolaringizni tahlil qilasiz va bu orqali haqiqiy imtihonda ularni oldini olishingiz mumkin, bu esa yuqori ball to’plash ehtimolingizni sezilarli darajada oshiradi.
2. 🎯 Maqsadlar qo’yish: Kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlaysiz, bu orqali tayyorgarlik yanada maqsadli bo’ladi va vaqtni tejashga yordam beradi.
3. 💪 O’ziga bo’lgan ishonch: Mock sinov imtixoni HSK formati va topshiriqlari bilan tanishish, imtihon kuni noaniqlik va stressni bartaraf etishga yordam beradi.
🎁Maxsus taklif:
Imtihonga tayyorgarligingizni qo’llab-quvvatlash maqsadida biz “1+1” aksiyasini taklif qilamiz:
5 dekabr (Pekin vaqti bilan soat 24:00) gacha sinov imtihonini sotib oling va 48 soat ichida shu darajadagi ikkinchi sinov imtihoniga bepul kod qo’lga kiriting. Kodning amal qilish muddati — 6 oy.
❓Qanday ishtirok etish mumkin?
Faqat internet kerak xolos, HSK Mock sinov imtihonini istalgan vaqtda va istalgan joyda topshirishingiz mumkin.
HSK Mock onlayn imtihonini topshirish bo’yicha ko’rsatmalar:
1. 🌐Ushbu havolaga o’ting: https://hskmock.com/?utm_source=chinese_center_tashkent va ro’yxatdan o’ting (agar sizda akkaunt bo’lmasa).
2. 📲Biz bilan bog’laning (Toshkent Xitoy Milliy Madaniy Markazi qoshidagi HSK imtihon markazi) va HSK Mock sinov imtihoni uchun kod sotib oling.
3. 🚀Kirish (avtorizatsiya)ni amalga oshirgach, kerakli HSK darajasini tanlang, kodni kiriting va sinov imtihonini boshlang.
4. ❗️HSK5 va HSK6 darajalari natijalari 48 soat ichida e’lon qilinadi, qolgan barcha daraja natijalari test so’ngida darhol taqdim etiladi.
Bu ajoyib imkoniyatni qo’ldan boy bermang, HSK imtihoniga hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang!
Agar savollaringiz bo’lsa, biz bilan bog’laning:
+998951992188
+998935632188
📩Telegram: @chinese_center_tashkent
🔗Telegram kanal: https://t.me/cncc_tashkent/
🎉HSK imtihonida muvaffaqiyat tilaymiz!
Toshkent Xitoy Milliy Madaniy Markazi qoshidagi HSK imtihon markazi, O’zbekiston