"HR bo‘yicha mutaxassis: inson resurslarini boshqarish” o‘quv kursi

"HR bo‘yicha mutaxassis: inson resurslarini boshqarish” o‘quv kursi

Person Hunters Akademiyasi

So‘nggi 3 yil ichida O‘zbekiston mehnat bozorida va butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan kasblardan biri bu – inson resurslarini boshqarish, ya’ni HR bo‘lib kelmoqda. HR bo‘yicha mutaxassis – bu kompaniya rahbariyati, uning xodimlari va mehnat bozori o‘rtasidagi bog‘lovchi ko‘prik. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar bilan ishlaydi, eng munosib kadrlarni tanlaydi, kompaniyaning strategik vazifalarini bajarish uchun inson resurslarini boshqaradi, kadrlarni motivatsiya qilish, o‘qitish va rivojlantirish tizimini ishlab chiqadi, shuningdek qulay korporativ muhit yaratadi

Agarda Siz:

  • Kasbiy kashfiyot va rivojlanishga intiluvchan va kasbni egalashga qiziquvchan bo‘lsangiz,
  • rekruting sohasida yangi bo‘lsangiz,
  • kadrlarni tanlash va boshqarishda zamonaviy bilim va usullarga ega bo‘lishni xohlovchi, sohaga endigina kirishgan mutaxassis bo‘lsangiz,
  • faoliyatingizni inson resurslari bilan bog‘lashni xohlasangiz,

Person Hunters HR akademiyasiga marhamat!

Person Hunters HR akademiyasi bu:

Kompaniyadagi barcha HR jarayonlarini samarali tashkil eta oladigan ko‘p qirrali mutaxassisni kasbiy o‘stirish va tayyorlash dasturi.

Bizning o‘quv markazimizning noyob uch bosqichli dasturi turli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga malakasini oshirishga imkon beradi, xodimlarni boshqarish sohasida doimiy o‘sishni va rivojlanishni ta’minlaydi.

“HR bo‘yicha mutaxassis: inson resurslarini boshqarish” kursi

Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha o‘quv kursining birinchi moduli doirasida biz HR sohasida o‘z faoliyatini boshlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturni taqdim etishdan mamnunmiz.

Kurs natijasida Siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

  • HR sohasida talab yuqori bo‘lgan kasbni egallash;
  • olingan vosita va usullardan biznes, inson resurslarini boshqarish va karyera o‘sishida foydalanish;
  • kadrlarni tanlash va boshqarish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni egallash.

Chunki natijada qo‘lingizdan quyidagilar keladi:

  • HR/kadrlar bo‘limining vazifalarini tushunish va kompaniyada HR bo‘yicha menejerning rolini anglash;
  • nomzodning portretini yaratish;
  • intervyularni professional tarzda o‘tish va o‘tkazish;
  • har qanday kompaniyada har qanday xodimlarni baholab berish;
  • motivatsiya va mukofotlash tizimini tartibga solish.

Ta’lim shartlari:

O‘qitish tili: o‘zbek tili.

Kursga yozilish ushbu havola orqali.

Kurs davomiyligi: 42 akadem soat.

Kunduzgi o‘qish narxi: 5 000 000 so‘m

Online o`qish narxi: 4 500 000 so`m

Erta to'lov uchun 500 000 so'm miqdorida chegirma mavjud. Kurs boshlanishidan 10 kun oldin. Doimiy mijozlar uchun chegirma – 5%, korporativ mijozlar (3 va undan ortiq) uchun chegirma - 10%

Sertifikat: kurs tugatilganidan so‘ng sertifikat taqdim etiladi.

Kurs shakli: kunduzgi.

Kompaniyangiz xodimlari uchun korporativ trening o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bunda kurs maxsus sizning soha va biznesingiz uchun moslashtiriladi.

Agar dastur, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va to‘lovlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing. Biz har doim yordam berishga tayyormiz.

Aloqa uchun:

+998909773723

academia@personhunters.com

https://t.me/academia_uz