HOPE
๋๋น๐ฆ
#Hope
#By_Redy
#Ep_1
-dada uyg'oning soat 8 bo'ldi dori ichish vaqtingiz! Esingizdan chiqarmang. Men ishga ketdim. Xayr sizni yaxshi ko'raman
Sua otasi bilan xayrlashgancha uyni tark etdi.
Har doimgidek chiroyli daraxtlar bilan to'lgan ko'chasiga chiqdi va qulog'iga quloqchinlarini taqdi.
S

Qiz xursand bo'lgancha gul do'koniga keldi. Aslida gul do'konida gullarni sotish Suaning ishi edi. Sua bu ishni judayam yaxshi ko'rardi
Sua gullarga suv solishni boshladi
Va ishini yakunlagach soatga qaradi 8:30
-Salom Sam! Ahvollaringiz qalay?
Sua do'konga kirib kelgan yoshi oltmishdan oshayotgan qariyaga jilmayib qaradi

-Yaxshiman qizim
-Mana bu Lucy xola uchun moychechaklar

Sua guldastani olib qariyaga tutqazdi
-Rahmat qizim, Sua Lucyga qanday uni yaxshi ko'rishimni aytaman?
-Mmm buni menga qo'yib bering siz uchun romantik bir kecha tashkillashtiramiz. Nima deysiz?
Qariyaning ko'zlari quvonchdan chaqnadi
-Yaxshiyam sen borsan Sua...men ketdim gullar uchun rahmat
-Xayr yaxshi boring
Sua stulga o'tirdi va kichkina kundaligini olib undagi orzular ro'yxatiga Sam va Lucyni birga bo'lishini taminlashni ham qo'shib qo'ydi
Sua daftarning boshidagi orzularga qaradi
Pov Sua
Shuncha orzular...Qaysilarini o'lmasimdan bajara olarkanman? Qiziq, umid qilamanki bularning yarmini bajarib o'laman hech bo'lmaganda
***
Sua o'zida alsgeymer kasalligi borligini bilganidan so'ng hayotidagi muhim insonlarni aniq qaydlar bilan yozib qo'yardi va o'z orzularini ham. U shunchaki o'rzularining ushalishiga umid qilardi
Doktrlar uning kasalligini 14 yoshligida aniqlashgandi va unga o'rtacha yetti yil umr ko'rishini aytishdi. Suada 1 yil vaqt qoldi hatto undan ham kam. Hayotining so'nggi kunlarida hayotidagi ko'p narsani unutishi mumkinligini aytishdi. Suaning dadasi qizi uchun ko'p harakat qildi, ammo bari foydasiz edi
Suaning boshiga tushganlar kamdek, onasi ham vafot etgan. Sua hech bo'lmaganda onasi uni yonida bo'lishini xohlardi
***
Sua bir nuqtaga tikilgancha hayol surarkan, kimdir yo'taldi
Sua tezda boshini eshikka burdi. Qarshisida bir yigit turardi

-Kechirasiz, men hayol surib qolibman
-Hechqisi yo'q, men gul olmoqchi edim
-Qanday gul?
-Hmm haligi menga maslaxatingiz kerak...men bilmayman
-Hop, gul kimga
-Onamga, yani menimcha u lolalarni yaxshi ko'radi, ularni ko'rsa doim quvonadi
-U bilan didimiz bir xil ekan! Men ham lolalarni juda yaxshi ko'raman
Sua jo'shib gapirarkan yigit unga g'alati qarab turganini payqadi
-Kechirasiz, men bazida o'zimni shunday g'alati tutaman!
Sua uyalganidan qizarib ketdi
-Mana bu sariq lolalarni o'rab bering iltimos
-Mayli
Sua gulni zavq bilan o'rarkan yigit unga tikilib qoldi
Pov yigit
Uni ko'zlari huddi ummonga o'xshaydi...qarasang uning ko'zlariga g'arq bo'lasan! U juda go'zal, Nima men uni darrov sevib qoldimmi?
-Mana gul tayyor!

Yigitning hayollarini qizning jo'shqin so'zlari buzib yubordi
-Aaa..Haa rahmat bu gulning puli
-Yo'q kechirasiz buni ololmayman
-Nega?
Yigit qoshini chimirdi
-Siz gullarni onangiz uchun oldingiz, shuning uchun gullar tekin
Yigit qizga qarab kuldi
-Rahmat..haligi minnatdorlik yuzasidan birga shahar aylanishga nima deysiz? Ertaga kechki payt
-Mmen bilmadim..
-Rozi bo'lmasangiz xafa bo'laman
-Mayli
Yigit do'kondan chiqib ketdi
Sua kafti bilan to'polon qilayotgan yuragini ushladi
-Bas qil! Sen kimnidir sevib qolishing mumkin emas. Sen kasal ekaningni bilgan oningdayoq sevish huquqidan mahrum bo'lgansan! Sevma.. Agar bu yuz bersa, sen o'zingga qo'shib o'sha insonni ham azoblaringga sherik qilasan! Sendan yolvorib so'rayman
-Qizim..
Sua ortiga o'girildi va qarshisida otasini ko'rdi
-Dada salom
-Ahvoling yaxshimi? Ranging oqarib ketibdi
-Hammasi joyida...Ooo yangi gullar buncha chiroyli
Sua gullar ortilgan arava atrofida aylangancha xursand bo'lardi
-Haa sen gulzorni o'zini ko'rganingda edi...
***
Sua do'kon eshigiga qulf osdi. Va kalitni sumkasiga solgancha uyiga ketdi
Sua kravatiga o'zini otdi va istamasada o'sha yigit haqida o'ylay boshladi

U yigitning sochlari , mehribon boqadigan ko'zlari
Sua boshiga urdi
-Bas!!! Bo'ldi qil, u haqida o'ylama. O'zi nega u haqida o'ylayabsan?Nima yoki sevib qoldingmi?! Yo'q uni nimasini sevasan?! Lekin u juda kelishgan...Bo'ldi uxla
Ep 1 end