HISOBLAGICHLARNI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN YECHIB OLGAN 138 NAFAR ISTE'MOLCHIGA CHORA KO‘RILDI

HISOBLAGICHLARNI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN YECHIB OLGAN 138 NAFAR ISTE'MOLCHIGA CHORA KO‘RILDI


Gaz tizimi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish va sohaga raqamlashtirishni tatbiq etish jarayonida “Hududgazta'minot” AJ tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” (ASKUG) loyihasi ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘ylab aholi honadonlariga 2 milliondan ortiq zamonaviy elektron gah hisoblash uskunalari bepul ravishda o‘rnatib berildi. 

Andijon viloyatida esa mana shunday “aqlli” hisobdonlar 190 mingdan ortiq xonadonlarga o‘rnatib berildi va yangi zamonaviy gaz hisoblash uskunalari yetkazib berilayotgan tabiiy gazni aniq hisob-kitob qilib bormoqda. “Aqlli” hisobdonlardan foydalanayotgan iste'molchida qarzdorlik yuzaga kelsa, sms-xabarnoma orqali ogohlantirilmoqda va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni ham mobil ilovalar orqali onlayn tarzda amalga oshirish imkoni mavjud. 

“Hududgazta'minot” AJning Jismoniy shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish boshqarmasi ishchi guruhi ayni kunlarda Andijon viloyatida yangi turdagi elektron gaz hisoblash uskunalarini ishlashi, o‘rnatilishi va aholida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganishlarni olib bormoqda. 

“Joylarda “aqlli” hisobdonlarni ishlashi respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganda, hisoblagichlagichlarni o‘zboshimchalik bilan yechib olib, rezina shlang orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan holatlar ham uchradi, - deydi “Hududgazta'minot” AJ Jismoniy shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Hasanjon Anorboev. – Mana shunday holatlarda iste'molchilarga nisbatan belgilangan tartibda dalolatnomalar tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilinmoqda hamda aniqlangan holatlar yuzasidan huquq-tartibot idoralariga hujjatlar taqdim etilmoqda..”

Noyabr' oyining birinchi yarmida viloyat bo‘ylab ishchi guruh tomonidan xatlovlar o‘tkazilganda 138 ta holatda gaz hisoblagichlarsiz tabiiy gazdan foydalanish holatlari aniqlandi. Barcha iste'molchilarga nisbatan 329 ming 242 m³ gaz hajmi va 125 mln. 111 ming so‘mdan ortiq yetkazilgan zarar hisoblandi. Barcha noqonuniy foydalangan iste'molchilarning hisobdonlari yana o‘z joylariga o‘rnatilib, qarzdorlar tarmoqdan uzib qo‘yildi. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


Report Page