HISOBLАGICHGА TАSHQI TА’SIR YETKАZISH ORQАLI TАBIIY GАZ TАLON-TAROJ QILINGАN

HISOBLАGICHGА TАSHQI TА’SIR YETKАZISH ORQАLI TАBIIY GАZ TАLON-TAROJ QILINGАN

 

Tabiiy gazdan oqilona foydalanish, belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish har bir isteʼmolchining majburiyati hisoblanadi. Yoʼqsa, bu baxtsiz hodisalarga yoki boshqa hududlar isteʼmolchilarining gaz bosimi bilan bogʼliq muammolariga sabab boʼlishi mumkin.

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialining yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish boʼlimi hamda “Hududgaz Metrologiya” filiali Navoiy boʼlimi masʼullari isteʼmolchilarning tabiiy gazdan oqilona foydalanishini nazorat qilish boʼyicha navbatdagi profilaktik tadbirlarni o'tkazishdi.

Navoiy shahar “Tinchlik” qoʼrgʼonida joylashgan “S.S.I.” MCHJga tegishli issiqxona va ohak ishlab chiqarish sexida qarzdorlik mavjudligi va ushbu obʼekt mavsumiy isteʼmolchi boʼlganligi bois tarmoqdan uzilgan. Аmmo oʼrganish olib borilganda, isteʼmolchi tabiiy gazga oʼzboshimchalik bilan ulanib olganligi, sexdagi gaz sarfini hisobga olish uskunasining koʼrsatkichlari ishlamasada, amalda tabiiy gaz isteʼmol qilinayotganligi maʼlum boʼldi. Xolislar ishtirokida hisoblagich yechib olinganda, hisoblagichga tashqi taʼsir yetkazilib, parragiga metal sim tiqish orqali koʼrsatkich toʼxtatilganligi aniqlandi. Shuningdek, sexdagi gaz jihozlari xatlovdan oʼtkazildi. Barcha gaz yongichlar nostandart, qoʼlbola, sertifikatlanmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, ushbu ohak sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish orqali taʼminot korxonasiga 295 million 99 ming soʼm moddiy zarar yetkazilgan. Sex tabiiy gaz tarmogʼidan payvandlash yoʼli orqali toʼxtatildi.

Tahlillardan maʼlum boʼldiki, ushbu bitta noqonuniy holat natijasida qish mavsumining bir oyida 350 ta xonadonni taʼminlashga yetadigan tabiiy gaz talon-taroj qilingan.

Yuqorida qayd etilgan holat boʼyicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi.

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page