HIPPO-2020 Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi

HIPPO-2020 Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi

ELPC English Language Proficiency Competition Ltd.
Siz Jahon standartida yagona deb tan olingan, haqiqiy Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasida o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchimisiz? U holda, HIPPO 2020 - sizning imkoniyatingiz! O'tkazib yubormang!


HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi  1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan barcha davlat va nodavlat maktab o'quvchilari uchun! Shuningdek,akademik litsey va kollejlarning 1, 2, 3 kurs o’quvchilari ham ishtirok etish imkoniyatiga ega. HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi, 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko'magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil topgan bo'lib, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlari 36 000 (o'ttiz olti ming) atrofida ishtirokchilar qatnashib kelmoqda. 2018 yildan buyon Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti bilan hamkorlikda ish faoliyatini davom ettirmoqda va har bir ishtirokchi HIPPO olimpiadasida Xalqaro standart darajasiga ega bo'lgan, Buyuk Britaniya IESOL testlarini topshiradi. Ushbu olimpiadada ishtirokchilar jami 4 ta ko'nikma (so'zlashish, o'qish, yozish va tinglab tushunish) bo'yicha bellashadi. Ilk bosqichda,o'qish va tinglab tushunish, yarim final bosqichida esa yozish va o'qish. Final bosqichida barcha ko'nikmalar bo'yicha imtihon topshirishadi. Ushbu olimpiada 3 bosqichdan iborat bo'lib, ilk saralash bosqichi ishtirokchi soniga qarab, O'zbekistonning belgilangan hududlarida bo'lib o'tadi. Bu haqida rasmiy telegram kanalimiz @elpcolympiad da olimpiada boshlanishidan 10 kun oldin xabar beriladi. Yarim final bosqichi Toshkent shahrida, yakuniy bosqich esa barcha davlatlar uchun Italiya davlatining Venetsiya shahrida bo'lib o'tadi. Yakuniy bosqichda qatnashish imkonini qo'lga kiritgan ishtirokchilarning barcha sarf- xarajatlari ELPC tashkiloti tomonidan qoplanadi. Yakuniy bosqichda 1-o'rin sovrindorlari turli xil yutuq'lar, jumladan (15 yoshgacha bo'lganlar uchun Amerika Qo'shma Shtatlarining Mizzou Academy maktabida 2 haftalik bepul onlayn ta'lim olish, 15 yoshdan yuqori bo'lganlar uchun esa Amerika Qo'shma Shtatlarining Mizzou Academy maktabida 2 haftalik bepul ta'lim olish, shuningdek har bir 1-o'rin sohibi uchun Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Xalqaro IESOL sertifikati va Amerika Mizzou Academy tomonidan 1-o'rin sovrindori sertifikati, medal va turli yutuq'lar) bilan taqdirlanadi. Undan tashqari 2, 3 o'rin va o'rin olish imkoniga ega bo'lmagan ishtirokchilar ham final bosqichda Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Xalqaro IESOL sertifikati, medal va turli xil sovg'alar bilan taqdirlanadi. Har bir ishtirokchi uchun ilk saralash bosqichida ishtirok etganligi uchun ham Xalqaro sertifikat va yarim final bosqichi uchun ham taqdim etiladi. Undan tashqari,Olimpiada jarayonida turli xil sahna ko'rinishlari, bolalarni zavqlantiradigan mashg'ulotlar va x. k namoyish etiladi.                                                                                                                                                                                                                 

P/S.

Global HIPPO Uyushmasining qonun qoidalariga ko'ra, ushbu olimpiadada barcha fanlar ingliz tilida taqdim etiladigan maktablar, jumladan Amerika, Britaniya va boshqa shunga o'xshash maktablari, yoki ingliz tili asosiy til hisoblangan davlatda tug'ilib o'sgan, 3 yildan o’rtiq ushbu davlatda istiqomat qilgan yoki 3 yildan ortiq ta'lim olgan, ammo hozirda O'zbekistonda yashayotgan ikki tilda gaplashuvchi (bilingual) o'quvchilar O’zbekistonda tashkil topgan davlat va nodavlat umumta’lim maktab, ya’ni ingliz tili xorijiy til sifatida o’rganiladigan maktab o’quvchilari bilan HIPPO Olimpiadasida bir xil darajada bellashish huquqiga ega emas. Bilingual (ikki tilda gaplashuvchi) o’quvchilar HIPPO Olimpiadasining qonun qoidasida belgilab ko’rsatilgan maxsus darajasida o’z tengdoshlari bilan alohida bellashish huquqiga ega.

Eslatma:

Yuqorida bilingual o’quvchilar yuzasidan ta’kidlab o’tilganidek, HIPPO qonun qoidalariga qat'iyan rioya qilish shart. Agar shubhali holat yuzaga kelib, ya’ni bilingual o’quvchi o’ziga mos bo’lmagan HIPPO olimpiadasi darajasi uchun boshqa maktab orqali HIPPO olimpiadasida ishtirok etish holati kuzatilsa, ushbu ishtirokchi olimpiadadan chetlashtiriladi va barcha test topshiriqlari bekor qilinadi.                                                           

Ariza formani to'ldirish uchun havola: https://forms.gle/FDGoevYxLWXQg5k56

Qo'shimcha ma'lumot uchun +998903707283 yoki telegram orqali @InfoELPC ga bog'laning!


Report Page