HAYOTNI O’ZGARTIRADIGAN 15 TA ENG YAXSHI MASLAHATLAR!
UNIQUE INNOVATION TREE [ Nodirjon Utkirov ]Doimo yodingizda saqlang va muammolarni yengib o’tish uchun kuch kerak bo’lganda esga oling!

1. Omadsizlik – bu hammasini boshidan boshlash uchun bir imkoniyat, lekin endi ko’proq aqllilik bilan. Genri Ford.
2. Agar muammoni yechish imkoniyati bo’lsa, u haqida o’ylashning keragi yo’q. Agar muammoni yechishni imkoniyati bo’lmasa, u haqida o’ylash befoyda. Dalay Lama
3. Agar siz judayam qobiliyatli bo’lsangiz va juda ko’p kuch sarflasangiz ham, ba'zi bir natijalarga erishish uchun ko’proq vaqt kerak bo’ladi: agar kimdir 9ta ayolni homilador qilsa ham, bola 1oyda tug’ilmaydi. Uorren Baffet
4. Har bir insonning umri davomida 1marta fortuna (omad) uning eshigini taqillatadi, lekin u inson yaqin joydagi pivoxonada o’tirgan bo’ladi va hech qanday tovushni eshitmaydi. Mark Tven
5. Bizning katta kamchiligimiz shundaki biz juda tez taslim bo’lamiz. Har doim yana bir marta urinib ko’rish – bu muvaffaqqiyatga eng to’g’ri yo’ldir. Tomas Edisson
6. Shaxsan men mevalarni yaxshi ko’raman, lekin baliq chuvalchanglarni yaxshi ko’radi. Mana nima uchun men baliq oviga borganda, men nima yoqtirishim haqida emas, baliq nimani yoqtirishi haqida o’ylayman. Deyl Karnegi
7.Erta tongda uyg’onib «Bugun nima qilishim kerak?» deb, tunda uhlashdan oldin «Bugun nima qildim?» deb o’zingda so’ra. Pifagor.
8. «Ertaga» so’zini tez-tez ishlatib turadigan odam, bu bechora, omadsiz, baxtsiz va nosog’lom odamdir. Robert Kiyosaki.
9. Yoshi kattalar doim yoshlarga pulni iqtisod qilishni maslahat berishadi. Bu yomon maslahat. Mayda pullarni yig’mang. O’zingizga ishlating. Men hayotimda qirq yoshga kirmagunimcha hatto dollarni ham iqtisod qilmaganman. Genri Ford
10. Men buni xohlayapman, demak bu bo’ladi. Genri Ford.
11. Men muvaffaqqiyatsizlikka uchramadim, faqat ishlamaydigan 10 000 usulini topdim xolos. Tomas Edisson
12. Qiyin ish – bu oson ishlarning jamlanmasi, qaysiki siz bularni oldin qilishingiz kerak bo’lganda qilmaganlaringiz. Jon Maksvel
13. «Umid qilamanki, hammasi o’zgaradi» deb o’zimga aytardim. Keyin men tushundimki hammasi o’zgarishi uchun yagona usul mavjud – o’zim o’zgarishim kerak ekan. Jim Ron.
14. Qulab tushmaslik qo’rqinchli, ko’tarilish emas.
15. Boshqalar xohlamagan narsani bugun qil, ertaga shunday yashaysanki, boshqalar bunday yasholmaydi.