✅HARAKAT SAMARANING KALITIDIR
➡️ Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari, Sanitar tozalash markazi mutahassislari va “Toza hudud” DUK xodimlari doimiy hamkorlikda ish olib borishmoqda. Buning natijasida joylardagi chiqindilar bilan bog‘liq muammolar o‘z vaqtida bartaraf etishda bir muncha samaralarga erishilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda ham davlat inspektorlari tomonidan xodimlarning ish yurituvidagi ayrim masalalar tushuntirib o‘tildi.


Unda, bugun aholi o‘rtasida atrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish, chiqindilarni belgilanmagan hududga tashlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishni kuchaytirish hamda hizmat jarayonida o‘z kasb faoliyatiga sidqidildan yondashib, har bir mahalla ko‘chalariga to‘liq kirib, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi, fuqarolar bilan xush muomilada bo‘lishi, tozalik qoidalariga qat’iy rioya qilishi loziligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Samarqand viloyati “Toza hudud” DUK axborot xizmati
Kanalga qo‘shiling👇👇
https://t.me/samviltozahudud