📚📖📚HAR KUNGI ZIKR VA DUOLAR 

📚📖📚HAR KUNGI ZIKR VA DUOLAR 

Shahobiddin Odil


1. Uyqudan turgan zahoti o‘qiladigan duo.


الحَمْدُ لله الذِي أحْيَانا بَعْدَ مَا أمَاتَنَا وإلَيْهِ النَشُور


«ALHAMDU LILLAAHILLAZIY AHYAANA BA’DA MAA AMAATANAA VA ILAYHIN NUSHUUR.»


OTAMIZ ODAM ALAYHISSALOMNING ILK KALOMLARI "ALHAMDULILLOH" BO‘LGAN. Biz ham har tongda qaytadan tirilamiz. Bu–juda ulug‘ duo.


USHBU DUONI RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM DOIMO O‘QIB YURGANLAR.


Har tong uyg‘onib–tirilib, ko‘zimizni ochganimizda, bir marta o‘qish kifoya.


2. Yuz-qo‘lni yuvib, tahorat olib bo‘lgandan keyin o‘qiladigan duo.


بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ


 «BISMILLAAHILLAZIY LAA YAZURRU MA’ASMIHI SHAY'UN FIL ARZI VA LAA FIS SAMAA'I VA HUVAS SAMI’UL ALIYM.»


Kechasi uyquga yotishdan oldin ham o‘qish tavsiya etiladi. Uch martadan o‘qiladi.


BU DUONI HAR TONG VA HAR TUN UCH MARTADAN O‘QIB YURGAN INSONGA HECH BIR NARSA ZARAR BERA OLMAYDI. 


3. Tongda va tunda aytiladigan eng afzal zikrlardan biri.


سُبْحَانَ اللّٰهِ وَ بِحَمْدِهِ


"SUBHANALLOHI VA BIHAMDIHI!"


Tongda uyqudan turgach va tunda uxlashdan oldin yuz martadan aytish lozim.


KIMKI USHBU ZIKR-TASBIHNI DOIMIY RAVISHDA O‘QIB YURSA, QIYOMAT KUNI DARAJASI JUDAYAM BALAND BO‘LADI. 


4. Sayyidul istig‘for.


اللهُمَّ أَنْتَ رَبِّي، لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ خَلَقْتَنِي، وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ وَأَبُوءُ بِذَنْبِي فَاغْفِرْ لِي فَإِنَّهُ لاَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ


«ALLOHUMMA ANTA ROBBIY LAA ILAAHA ILLA ANTA XOLAQTANIY VA ANA ’ABDUKA VA ANA ’ALA ’AHDIKA VA VA’DIKA MASTATO’TU A’UUZU BIKA MIN SHARRI MAA SONA’TU, ABUU LAKA BINI’MATIKA ’ALAYYA VA ABUU BIZAMBIY FAGʻFIRLIY FAINNAHU LAA YAGʻFIRUZ-ZUNUBA ILLA ANTA»


Tongda va tunda bir martadan o‘qish kifoya.


MAZKUR ISTIGʻFORNI HAR KUNI TONGDA VA TUNDA MUNTAZAM O‘QIB YURGAN MO‘MIN VAFOT ETSA, IN SHAA ALLOH, ALBATTA JANNATGA KIRADI. 


5. Eng ulug‘ kalima.


لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ


"LAA ILAAHA ILLALLOHU!"


Kun davomida iloji boricha ko‘p aytish lozim.


KIMNING DILI VA TILI USHBU KALIMAGA O‘RGANIB QOLSA VA O‘LIMIDAN OLDIN USHBU KALIMANI AYTISH NASIB QILSA, ANIQ JANNATIY BANDALARDAN BO‘LADI, IN SHAA ALLOH! 


6. Salovot.


  اللّٰهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ


ALLOHUMMA SOLLI 'ALAA SAYYIDINA MUHAMMAD. 


Salovotning turlari ko‘p. Eng qisqalaridan biri yuqorida keltirildi. 


Ammo, salovotni qancha ko‘p aytishning cheki yo‘q. Har namozdan keyin o‘n martami, har tong va tunda yuz martadanmi–hammasi joiz.


 Ko‘p salovot aytishni istagan mo‘minlar salovotning qisqaroq shaklini tanlab olishlarining hech qanday zarari yo‘q. 


Ushbu zikr, duo va salovotlarni har kuni aytib yurishni vazifa qilib oling.

Bir hafta yoki bir oydan keyin natijasi o‘zingizga ham bilinadi.


Kim ushbu zikr, duo va salovotlarni har kungi odatiga aylantirsa, ibodatlarida halovat paydo bo‘ladi, qalbi sokinlik topadi, ruhi yengillashib, doimo yaxshi kayfiyatda yuradi.


ENG MUHIMI, USHBU ZIKR, DUO VA SALOVOTLARDA BARDAVOM BO‘LGAN MO‘MINLARNI ALLOH TAOLONING O‘ZI HAMISHA PANOHIDA ASRAYDI, OXIRATDA ESA JANNATLARIDA HAM BALAND MARTABALARGA ERISHTIRADI, IN SHAA ALLOH! 


Eslatma: ushbu zikr, duo va salovotlarni aytish uchun haftaning ma’lum bir kunini, masalan, jum'ani xoslab olish bid’atdir.


 ZERO, IBODAT MA’NOSIDA KUNLARNING BIR-BIRIDAN ASLO FARQI YO‘Q. 


DEMAK, HAR KUNI ERTALAB VA KECHQURUN USHBU ZIKR, DUO VA SALOVOTLARDA BARDAVOM BO‘LSAK, ROBBIMIZ HAQQ TAOLO KUNLARIMIZGA BARAKA ATO QILADI, YA’NI HAR BIR KUNIMIZNI MUBORAK QILIB QO‘YADI, IN SHAA ALLOH!


@laa_ilaaha_illallohu


Report Page