HAR BIR MUROJAAT - EʼTIBORDA

Yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlaydigan mexanizmning joriy etilishi xalqimizning davlat idoralariga emas davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishini taʼminlamoqda. Gap shundaki murojaatlarni qabul qilib uni masʼul ijrochilarga yo‘naltiradigan tizim faoliyati bois har qanday murojaat eʼtibordan chetda qolmayapti. Lekin fuqarolar uchun yaratilgan bu qulaylikni imkoniyat deb bilib takror va takror murojaat yo‘llagan shaxslar o‘z vazifasi yoki boshqa bir yurtdoshining murojaati yechimiga kirishishi mumkin bo‘lgan masʼullarning vaqti besamar ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan fuqaro A.Axmadaliyev o‘zining nomida bo‘lgan Uzun tumani “Do‘stlik” mahallasi “Tinchlik” ko‘chasida joylashgan yashash uy-joyi va noturar obyektlarini o‘lchovdan o‘tkazib berish yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi raisi nomiga navbatdagi murojaatini yo‘llaydi. Takroriy murojaatni o‘rganish uchun Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi ishchi guruh shakllantirilib ijrosiga kirishiladi. Masʼullar takroriy murojaat yo‘llanishiga sabab bo‘layotgan omillarni o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida, fuqaro A.Axmadaliyev bilan telefon orqali gaplashilganda xozirgi kunda Toshkent shaxrida ekanligi, o’zining nomida bo‘lgan Uzun tumani “Do‘stlik” maxallasi, “Tinchlik” ko‘chasi 14-uy-joyini fuqaro G.Qaxxorovaga vaqtincha foydalanib turish uchun berganligi malum bo‘ldi. Fuqaro A.Axmadaliyev Uzun tumani hokimining 2003 yil 01 fevraldagi 38-sonli qaroriga asosan sobiq Byuro texnicheskoy inventarizatsiya (BTI) tashkiloti tomonidan inventarizatsiya qilingan yer maydoni 1075,0 kv.metr va unda qurilgan uy-joy hamda qo‘shimcha xo‘jalik bino inshootlariga egalik huquqi berilgan. Lekin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 3 avgustdagi “2016-2017 yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 251-sonli qaroriga asosan DKYAT dasturida yer maydoni 1687,0 kv.metr etib, “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasiga esa 09.02.2019 yildan 09.09.2021 yilgacha yer maydoni 1230,0 kv.metr hajmda kiritilgan.

Shuningdek, 09.09.2021 yildan 03.11.2021 yilgacha ushbu obyektining 1230.0 kv.metr yer maydoni huquqiy xujjatlari asosida murojaat yuzasidan “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasiga huquqiy xujjat va amaldagi yer maydoni farqi sifatida kiritilgan.
Keyinchalik, fuqaroning murojaati bo‘yicha 22.11.2021 yilda qayta mutaxassis tomonidan ruletka (metr) orqali o‘lchov o‘tkazilganda 1306.0 kv.metr yer maydoni sifatida 10.12.2021 yilgacha “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasiga qayta kiritilgan.
Fuqaro A.Axmadaliyevning ushbu o‘lchovlarda norozi bo‘lib, yo‘llagan murojaatiga asosan 10.12.2021 yilda “Ishchi guruh” tuzilib ushbu obyektda qayta o‘lchov ishlari amalga oshirilganda 1568.0 kv.metr yer maydoni mavjud ekanligi maʼlum bo‘lgan va “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritilganligi maʼlum bo‘ldi. Hozirgi kunda takroriy ravishda o‘lchov ishlari amalga oshirilganda xam yer maydoni 1567.0 kv.metrni tashkil etdi.

Fuqaro A.Axmadaliyevning Uzun tumani “Yangikuch” mahallasida joylashgan noturar bino inshooti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 3 avgustdagi 251-sonli qarori asosida xatlovdan o‘tkazilib, 17.06.2018 yildan 29.10.2021 yilgacha “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasiga yer maydoni 115,0 kv.metr, qurilish maydoni 86,0 kv.metr etib kiritilgan.
Ushbu obyektni fuqaro A.Axmadaliyevning murojaatiga asosan qayta o‘lchov o‘tkazilganda zina maydoni bilan 69.0 kv.metr etib, 22.11.2021 yildan 22.11.2021 yilgacha “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasiga kiritilgan.
Shunga ko‘ra, fuqaroning qayta murojaati bo‘yicha takroriy o‘lchov ishlari amalga oshirilganda, zina maydonini xisoblamasdan o‘lchov o‘tqazilib, 06.01.2022 yil xolatiga yer maydoni 65.17 kv.metr hajmda ekanligi va “Ko‘chmas mulk-3” dasturi maʼlumotlar bazasida xam 65.17 kv.metr turganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu noturar obyektiga Uzun tuman hokimining 2010 yil 14 yanvardagi “fuqaro A.Axmadaliyevning o‘z shaxsiy mablag‘i xisobidan qurilgan mayishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini foydalanishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 17-sonli qarori qabul qilingan. Lekin ushbu qarorda obyektning yer maydoni va qurilish maydoni kv.metrlari ko‘rsatilmagan.
Ushbu fuqaroning har ikkala obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qarorning 4-bandiga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqi ushbu huquqlar mazkur Nizomga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi deb belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi 1060-sonli qarori nizomning 11-bandiga asosan Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab, bir oy muddatda Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza bilan qat’iy nazar, Davlat xizmatlari markazlariga yoki Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali murojaat qilishlari shart deb ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilrdan kelib chiqib, ushbu obyektlarga tegishli huquqiy xujjatlarni ilova qilgan holda tuman (shaxar) Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinishi maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qilamiz.

