HAR BIR KUNNI BIZ BILAN YANADA MAROQLI O‘TKAZISHGA TAYYORMISIZ?

HAR BIR KUNNI BIZ BILAN YANADA MAROQLI O‘TKAZISHGA TAYYORMISIZ?




O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan haftaning har bir kuni ajoyib tadbirlar, qiziqarli bellashuvlar va bir-biridan qiziq tanlovlar tashkil etiladi.

Haftaning dushanba kuni - Zakovat, Zukko kitobxon, Munozara bellashuvlari hamda “Mening sevimli asarim” ya’ni bunda talabalar o‘zlari sevib o‘qigan asarni bir-birlariga sovg‘a qilish orqali o‘zaro ma’lumot almashadi.


Seshanba - Vatanparvarlik kuni, bu kunda siz harbiy qismlarga tashrif buyurishingiz hamda ular tomonidan tashkil etilgan harbiy texnika vositalari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.  


Chorshanba - Mehr-muruvvat kuni, ushbu kunda siz o‘z fakultet jamoangiz bilan imkoniyati cheklangan, mehrga muhtoj oilalar holidan xabar olgan holda ularga mehr ulashasiz. 


Payshanba - "Student party", "kino time", karaoke va madaniy kechalar. Bundan tashqari har bir fakultetda o‘z mutaxasisligidan kelib chiqqan holda “O‘z sohasining bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi.


Juma - Ichki turizm kuni, bunda shahrimizda joylashgan muzeylar hamda viloyatimizdagi tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Har shanba - sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, etnosport va boshqa turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishingiz mumkin. 

O‘tkazilayotgan barcha tanlov, tadbir hamda sport musobaqalarining natijalariga ko'ra, fakultet o‘qituvchilari uchun qimmatbaho esdalik sovg’alari, talabalar uchun esa universitet tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab bepul sayohat tashkil etiladi.


Barcha ishtirokchilarni faollikka chorlab qolamiz!

Report Page