HAMSHIRA UCHUN ADOLAT QAROR TOPDI

HAMSHIRA UCHUN ADOLAT QAROR TOPDI

 

Olesiya Jarkinbayeva Tomdi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi.Bir necha yilgan buyon shu yerda faoliyat  yuritib kelmoqda.Ammo u o‘z ish joyida adlolatsizlikka uchragan.Fuqaro tuman adliya bo‘limiga hamkasblariga to‘lab berilayotgan ustamalar unga nisbatan qo‘llanilmaganidan shikoyat qilib murojaat qildi.  

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2l-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to'lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlsh to'g'risida”gi 276-sonli Qaroriga muvofiq shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga ustama haqlari to‘lash belgilangan. Uzluksiz ishlasa bir yildan keyin tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz, keyin yana ikki yildan so‘ng xuddi shu tartibda 10 foizlik ustama to‘lanishi kerak. Uning eng ko‘p miqdori  30 foiz ekanligi hujjatda ko'rsatib o‘tilgan.

Fuqaro murojaatiga ko‘ra holat adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda O.Jarkinbayevaga bir yil davomida mazkur ustamalar to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Adliya bo‘limining taqdimnomasi asosida fuqaro arizasi to‘liq qanoatlantirilib, bir yillik ustama haqlari undirib berildi.

 

Qodir Beknazarov

Tomdi tumani adliya bo‘limi boshlig‘i



Report Page