HAMON YODIMDA

HAMON YODIMDA


O'ZBEKISTON TUMANIDA XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA BAG'ISHLANGAN "HAMON YODIMDA" NOMLI ADABIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani XTB tasarrufidagi 29-umumiy o’rta ta’lim maktabida “ Muhammad Yusufning hayoti va ijodi”ga bag’ishlab “Hamon yodimda” nomli adabiy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov va yetakchi mutaxassisi I.Zokirjonovlar tashrif buyurdi.

Tadbirda o’quvchilar tomonidan shoirning she'rlari asosida bastalangan kuy-qo’shiqlar kuylandi, milliy raqslar ijro etildi, Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar sahnalashtirildi. Shundan so'ng ikki guruh o'quvchilar ishtirokida bahru-bayt o'tkazildi.

Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov so’zga chiqib Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yuksak axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, buyuk adib, olim, mutafakkir, yozuvchi va shoirlarimiz hayoti va ijodini o’quvchilarga yaqindan tanitish, ularning asarlarini yaqindan o’rganish hamda ularni xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

O’tkazilgan tadbirlarni OAVda yoritish maqsadida “Tohir Bog’dod” Telekanali muhbiri taklif etildi. Shuningdek, tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar(Facebook, telegram)da yoritildi.

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI O'ZBEKISTON TUMAN BO'LINMASI.




Report Page