HAMKORLIKDAGI O‘QUV MASHG‘ULOTLARDA XALQARO TAJRIBALAR SINALMOQDA

HAMKORLIKDAGI O‘QUV MASHG‘ULOTLARDA XALQARO TAJRIBALAR SINALMOQDA

milliygvardiya.uz

Bugungi kunda dunyo va mintaqamizning ayrim hududlarida harbiy-siyosiy vaziyatning muntazam o‘zgarishi, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlarning mavjudligi sabab har bir davlat uchun tinchlik va xavfsizlikni saqlash dolzarb masaladir.

@milliygvardiyauz_official

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yurtimiz tinchligi fuqarolarimiz osoyishtaligini ta’minlash, terrorchilik harakatlarining turli tahdidlarini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qator xalqaro hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulot va treninglar o‘tkazib kelmoqda. Respublikamizdagi hamkor vazirlik hamda tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro tajribalarni qo‘llagan holda o‘tkazilayotgan o‘quvlar harbiy xizmatchi va xodimlarning jangovar shayligini mustahkamlash, kasbiy mahoratini yanada takomillashtirishda o‘z samarasini bermoqda.

@milliygvardiyauz_official

Xususan kuni kecha Milliy gvardiya tashabbusi bilan Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan asfalt zavodiga qarashli binoda “Ko‘p qavatli binoda garovga olinganlarni ushlab turgan, qurollangan terrorchilarni zararsizlantirish va yakson qilish” mavzusida Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi bo‘linmalarining birgalikdagi harakati bo‘yicha maxsus taktik o‘quvi o‘tkazildi.

@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official

O‘quvning asosiy maqsadi tegishli xizmat va tuzilmalarning kuch va vositalari bilan tezkor boshqaruvini amalga oshirish, ob’yektlarda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etilishiga qaratilgan urinishlarga chek qo‘yish, garovga olinganlarni ozod qilish, xavfsizligini ta’minlash va ularni ushbu ob’yektdan evakuatsiya qilish, aniqlangan portlovchi vositalarni zararsizlantirish, jamoat tartibini saqlash, yong‘in, yo‘l harakati va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi tezkor harakatlarni yuqori darajaga ko‘tarishdan  iboratdir.

@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official
@milliygvardiyauz_official


Report Page