HAFTALIK DOIRASIDA TASHKIL ETILGAN IJOD KECHASI

HAFTALIK DOIRASIDA TASHKIL ETILGAN IJOD KECHASI

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz shahar bo'linmasi

  II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida navbatdagi tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Uchrashuv tarzida o‘tkazilgan ma’rifiy kechada Shahrisabzning ijodkor qizi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Zuxra Ochilova (Zuxro) ijodiga nazar solindi.

Shahrisabz Axborot-kutubxona markazida tashkil qilingan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i T.Arslonov, FVV Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari pod polkovnik J.Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz shahar bo‘linmasi rahbari L.Abdullayeva, Shahrisabz shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Axmedova, Shahrisabz Axborot-kutubxona markazi rahbar, xodimlari, shahrisabzlik shoir, yozuvchi va ijodkorlar, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so‘z olganlar ijodkor Z.Ochilova ijodining o‘ziga xos qirralari va uslubi haqida alohida to‘xtab o‘tdilar. Samimiy o‘tgan ma’rifiy kitobxonlik tadbiri haqiqiy ijod kechasiga aylandi. Tadbir yakunida esa shoiraning she’rlaridan namunalar o‘qildi.

|Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz shahar bo'linmasi matbuot xizmati.



Report Page