“HAFTA KITOBI” LOYIHASI NIZOMI

“HAFTA KITOBI” LOYIHASI NIZOMI

https://t.me/andyouthpress

1. Loyihaning maqsadi

  • Aholi va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish;
  • O‘qilgan asar asosida bilimlarni mustahkamlash hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • O‘z ustida ishlaydigan, bilimli va faol yoshlarni rag‘batlantirish.

2. Tashkiliy shakli

  • Loyiha har hafta Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining Telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda tashkil etiladi.
  • Rasmiy kanal orqali har haftaning boshida “Hafta kitobi” e’lon qilinadi.
  • Haftaning oxirida ushbu kitob asosida 25 ta savoldan iborat test (quiz) shaklida tanlov o‘tkaziladi.

3. Ishtirok etish shartlari

  • Tanlovda barcha kitobxonlar ishtirok etishi mumkin.
  • Har bir ishtirokchi faqat o‘z nomidan qatnashadi, boshqa shaxs nomidan ishtirok etish qat’iyan man etiladi.
  • Tanlovda bir marotaba g‘olib bo‘lgan ishtirokchi, keyingi haftalarda o‘zini sinash va bilimini tekshirish maqsadidagina qatnasha oladi. Qayta g‘olib bo‘lgan taqdirda ballari inobatga olinmaydi.

4. G‘olibni aniqlash tartibi

  • G‘olib deb eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi e’tirof etiladi.
  • Agar bir nechta ishtirokchilar bir xil maksimal (eng ko‘p) ball to‘plashsa, unda testni eng qisqa vaqtda bajargan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
  • Test natijalari Telegram bot orqali avtomatik tarzda qayd etiladi va yakuniy natijalar asosida g‘olib aniqlanadi.

5. Rag‘batlantirish

  • Har hafta g‘olib deb topilgan ishtirokchiga Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan sertifikat va “Mutolaa” ilovasining 1 yillik premium obunasi topshiriladi.

 
Tashkilotchi: Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi.

Report Page