XAFALIK

XAFALIK

Marxabo Xusniddinovna


Xafaliklar bizda ko'p hollarda atrofdagilar, yaqinlarimiz sababli paydo bo'ladi. Ko'pchilik qandaydir azob, jahl, qayg'uni, xafalikni boshdan kechirganlarida ko'pincha hissiyotlarga quloq solishga urinishadi. Xafalik oqibatida insonlarda oilasida hamda atrofdagilar bilan munosabati yomonlashadi, hayotga qiziqishi so'nib boradi, qalbida nafrat urug'larini ekishiga sabab bo'ladi, o'zini horg'in va tushkun sezishi, hayotni rang-barang ranglarda emas, ko'pincha qora ranglarda ko'rishligi, o'zini omadsizdek his qilish holatlarini kuzatamiz.

Bir kunda inson ongida 50-60 mingta fikrlar o'tadi va mana shu fikrlarimiz orqali bizda emotsiya, hissiyotlar uyg'onadi, chunki inson fikrlariga qarab hissiyotini namoyon etadi.

Biz ongimizda nimalarni fikrlasak, xuddi shu qalbimizda hissiyotga aylanadi, o'z-o'zidan ko'rinadiki, bizdagi salbiy fikr va salbiy hissiyotlar sababli atrofga xuddi shu negativni tarqatib turamiz va mana shu o'zimizga mos, ya'ni hislarimizga mos bo'lgan liniyada yashaymiz. Ana endi bir o'ylab ko'ring, hech qanday xafaliksiz, g'am-alamsiz, nafrati yo'q, odamlardan mamnun yashaydigan inson ijobiy hislariga mos baxtiyorlikda, shukronalikda, xotirjamlikda hayot kechirar ekan.


Vaqtida aytilmagan gap, 

Vaqtida oqmagan ko'z yoshlar

Vaqtida chiqarilmagan g'azab

Bularning hammasi insonda vaqt o'tgani sari nafratga aylanadi.

Xafa bo'lgan paytingizda atrofga bir nazar solingchi ? Hamma o'zi bilan mashg'ul ekanini ko'rasiz va xafaligingiz bilan hech kimni ishi yo'qligiga guvoh bo'lasiz. Faqatgina o'zingizga jabr qilayotganizni ko'rish esa qiyin emas. 

Biz doimo "Yomon insonlar yo'q, ularning qilgan ishlari yomon " deb qarasak bizda insonlarga nisbatan nafrat bo'lmaydi.

Akademik Tarasovning aniqlashicha, tinimsiz bir narsani o'ylayverish boshni tinimsiz og'rishiga, gaplarini doimiy ichiga yutib yurish surunkali tomoq og'rishiga, inson ichiga xafalik va alamni yutaverishi zaxarli buqoqning paydo bo'lishiga, men shunga loyiqmidim deyish o'pka kasalligiga olib kelishi aniqlangan.

Xafaliklar turli insonlardan bo'lishi mumkin 

Otadan xafalik - barakani yo'qotadi

Onadan xafalik - odamlar bilan munosabatga kirisha olmaydi

Alam bilan nafrat sevgiga to'siq bo'ladi.

Birgina xafalik insonni o'zining hayoti uchun qanchalik noxushliklarni keltirib chiqaradi. 

Mana shu oqibatlarga birgina yechim faqatgina kechirishdir.

Bazilar aytishadi, nima uchun osongina kechiraman, ammo baribir yaxshilikni bilmaydi deyishligi mumkin! 

O'zimizga bir savol beraylik:

Nima uchun kechiramiz?

Alloh bizni kechirishi uchun kechiramiz!

Baxtli hayotimiz uchun kechiramiz!

Taqdirlar takrorlanmasligi uchun kechiramiz!

Tanamiz sog'lom bo'lishi uchun kechiramiz!


https://t.me/MarxaboXusniddinovna

Report Page