“HACKATHON” TANLOVI NIZOMI
Raqamli Texnologiyalar MarkaziI. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom – “HACKATHON” musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1.2. Ushbu musobaqa Farg‘ona viloyatidagi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqani o‘tkazish va tashkil etishda Farg‘ona viloyatidagi “Raqamli texnologiyalar markazi” UK mezbonlik qiladi.
II. Tanlovning maqsadi
2.1. Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, IT-sohasida o‘z o‘rnini egallashi uchun motivatsiya berish, malakali dasturchi mutaxassislarni saralab olish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish.
2.2. Malakali mutaxassislarni jamoa bo‘lib ishlashi va yagona maqsad ostida birlashishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
III. Tanlovni o‘tkazish tartibi
3.1. Tanlov ikki kun davomida 2022-yilning 19-20-dekabr kunlarida Marg‘ilon shahridagi “Raqamli texnologiyalar markazi” UKda o‘tkaziladi.
3.2. “Hackathon” musobaqasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan qatnashadi.
a) Tibbiyot;
b) Taʼlim;
c) Ijtimoiy soha;
d)Agrar (qishloq xo‘jaligi);
e) Marketplace;
f) IoT va suniy intelekt;
- Tanlovning birinchi kuni - tanlov kuni jamoalar bilan ishlash va jamoa yetakchisini musobaqaga tayyorlash uchun murabbiylar va ekspertlar jalb qilinadi. Ishtirokchilar hayʼat aʼzolari bilan tanishtiriladi.
- ishtirokchilar uchun qo‘yiladigan vazifalar taqdimoti o‘tkaziladi.
- yakka ishtirokchilar o‘rtasida uch kishidan iborat jamoalar shakllantiriladi.
- tadbir ishtirokchilari topshiriqlarni bajarishi uchun tashkilotchilar tomonidan shart-sharoitlar yaratiladi.
3.3. Tanlovning ikkinchi kuni - Jamoalarga qo‘yilgan topshiriqlarni ishlab chiqishni yakunlaydi.
IV. Tanlovning shartlari
4.1. Tashkilotchilarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘lish;
4.2. Oldindan tayyorlangan g‘oyani olib chiqmaslik;
4.3. Faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar ishtirok eta olishi;
4.4. Belgilangan muddatdan kech qolgan ishtirokchilarni bajargan ishlari qabul qilinmaydi.
4.5. Ishtirokchilar tomonidan bajarilgan har bir natijalar GitHub veb platformasiga yuklab boriladi.
4.6. Baholash mezonlari bo‘yicha qabul qilingan natijalar yuzasidan appelyatsiya o‘sha kuni ko‘rib chiqiladi.
V. Tanlovni baholash mezoni
- yechimning amalga oshirilishi - 30 ballgacha
- yechimning Ijtimoiy sohadagi qiymati va taʼsiri – 10 ballgacha
- yechimning Innovatsiya darajasi – 20 ballgacha;
- noyoblik (xizmat va yondashuv qanchalik noyob?) – 20 ballgacha;
- Taʼsischi va jamoaning salohiyati – 20 ballgacha.
Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi (jamoa) g‘olib deb topiladi. Quyidagi mezon bo‘yicha sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
VI. G‘oliblarni taqdirlash
I-o‘ringa: Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alari;
II-o‘ringa: Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alari;
III-o‘ringa: Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alari;