Х У Р М А Т Л И   Ф У Қ А Р О Л А Р !

Х У Р М А Т Л И   Ф У Қ А Р О Л А Р !

Tojiboyevich_ Aliyev Ziyodulla

Inson sogʻligi eng katta boylik xisoblanadi. Turli xil yuqumli kasalliklar chorva mollari va uy xayvonlardan insonlarga yuqish sir emas. 


Kuydirgi - oʻtkir infeksion kasallik boʻlib, organizmning ogʻir intoksikasiyasi, isitma, septisemiya, karbunkullar paydo boʻlishi va ichak, koʻproq oʻpkaning zararlanishi bilan kechadigan, qoʻy-echki, qoramollar va odamlarda uchraydigan oʻta xavfli yuqumli kasallikdir. Hayvonlarda kuydirgi kasalligi juda tez va ogʻir kechib, tana harorati toʻsatdan 40-41S gacha koʻtarilishi, burun va ichaklardan qon ketishi, holsizlanish, ozuqadan bosh tortish bilan kuzatiladi, hamda qisqa muddatda oʻlim bilan yakun topadi. · Odamlarda kassalik asosan (98,0-99,0% xolatlarda ) teri yarasi (korbunkul) shaklida namayon boʻladi.· Bemorlarda tana xarorati koʻtariladi.· Kuydurgi yarasi ogʻriqsiz boʻladi, yaraning ustki qismi koʻmir rangiga oʻxshash qora poʻstloq bilan qoplanadi, yara atrofi qizarib shish paydo boʻladi.· Yara koʻpincha badanning ochiq qismlarida (qoʻl, oyoq, yuz, boʻyin) uchraydi. Kasallik asosan kasal hayvon bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa (kasal molni soʻyishda) bilan yuqadi.



Quturish - hayvonlar va odamda uchraydigan, asab tizimining ogʻir shikastlanishi bilan kechadigan hamda oʻlim bilan yakun topadigan oʻta havfli yuqumli virusli kasallikdir. ¨ hayvon tajovuzkor boʻlib, duch kelgan hayvonlar va odamlarga tashlanadi, tishlashga, tirnashga harakat qiladi;¨ yorugʻlikdan qoʻrqadi, qorongʻu joyga kirib olishga harakat qiladi, egasi chaqirganida oldiga kelmaydi, toʻgʻri kelgan jismlarni ogʻziga solib, yutadi, keyinchalik yutinishi qiyinlashadi, ogʻzidan juda koʻp soʻlak oqadi, bezovta boʻladi, tovushi boʻgʻilib, yoʻqola boshlaydi va orqa oyoqlari yurmay qoladi, ya'ni falajlanish holatlari kuzatiladi. Hayvonlarda ham kasallik oʻlim bilan yakun topadi. Odamlar uchun kasallik manbai boʻlib: qutirgan uy hayvonlari - it, mushuk, chiyaboʻri, tulki va boʻrilar hisoblanadi. Odamlarga quturish kasalligi 90-95 % holatlarda itlarlardan yuqadi. Shu kasallikka chalingan hayvonlarning tishlashi, tirnashi bilan yuqadi Kasallik oʻta ogʻir kechib, doimo oʻlim bilan tugaydi.




Brusellyoz - (qoraoqsoq) kasalligi tabiatda keng tarqalgan, inson va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan – zooantroponoz kasallik hisoblanib, hayvonlarda ommaviy bola tashlash, qisir qolish, mahsuldorlikning kamayishi, yosh mollarning yashovchanligining pasayishi bilan, ba'zan esa klinik belgilarsiz kechadi. Brusellalar kasal hayvonning soʻta, siydigi, goʻngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, ular shu hayvonning goʻshtida ham boʻladi. Organizmga brusellalar hazm va nafas yoʻllarining shilliq pardalari, shuningdek, shikastlangan teri orqali tushadi. Brusellyoz bilan ogʻrigan molning xom sudi va sut mahsulotlari (pishloq, moy), shuningdek, chala pishirilgan goʻshti iste'mol qilinganda kasallik odamga yuqadi. Brusellyozda, asosan, nerv, yurak-tomir tizimi va suyak-boʻgʻim apparati zararlanadi. Kasallikning yashirin davri 1-3 hafta. Uning kechishi va belgilari xilma-xil boʻladi. Oʻtkir boshlanganida isitma koʻtariladi, bemor gʻaraq-gʻarak terlaydi, lohaslik alomatlari kuzatiladi; oyoq-qoʻl, bel, mushak va boʻgʻimlar zirqirab ogʻriydi. Isitma goh koʻtarilib, goh pasayib turadi, jigar, qora taloq kattalashadi, keyinroq boʻgʻimlar yalligʻlanadi. Kasallikni oldini olish yoʻli bu qaramogʻimizdagi uy hayvonlarni doimiy hududiy veterinariya mutaxassislari koʻrigidan oʻtkazib borish, brusellyoz kasalligiga qarshi yiliga kamida 1 marta (sogʻin sigirlar 2 marta) serologik tekshirilishi hamda zarur hollarda emlash tadbirlarini oʻtkazishdan iboratdir.


Bundan tashqari chorva mollaridagi kana va qon soʻruvchi xashoratlarni zinxor qoʻl bilan yula koʻrmang!


Yodingizda boʻlsin!


. Turli xil yuqumli kasalliklarni oldini olish uchun qaramogʻingizdagi uy va chorva mollaringizni oʻz vaqtida veterinariya nazoratidan oʻtkazib yuqumli kasalliklarga emlatishni unutmang xududiy veterinariya mutaxasislariga murojaat qiling.






YaQINLARINGIZ VA OʻZ SOGʻLIGINGIZGA BEFARQ BOʻLMANG.






Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi axborot xizmati.




Ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalarimiz👇


Telegram (https://t.me/payariq_veterinariya_bot) Instagram (https://instagram.com/payariq_veterinariya_bot_?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg) Facebook (http://facebook.com/groups/350369916407634/?ref=share) Youtube (https://www.youtube.com/@user-ft3bv2dg9o)

Report Page