Gunohkor emas

Gunohkor emas

Vali Yaratov

O‘ylamagin hayotda, 

Tekin baxt tayyor emas.

Majnun sahro kabirda, 

Shunchki sayyor emas.

Ko‘krakni kergan bilan, 

G‘oz bo‘lib yurgan bilan, 

Ko‘z ochiq turgan bilan, 

Dil so‘qir, bedor emas.

Yiqilganda nogahon,

Toshdan qilibsan gumon, 

Asli ko‘zing yog‘ bosgan

Tosh hech gunohkor emas.

Soddadil chetda qolib, 

Firibgar har dam g‘olib, 

Bo‘lmagay sotib olib, 

Bu umr bozor emas.

Ba'zilar bor bilgilki, 

Yiqilsang qilar kulgi, 

SHuncha qilsa ham tulki, 

Odamdek ayyor emas.


Report Page