Gullar haqida qiziqarli faktlar

Gullar haqida qiziqarli faktlar

Bahor gullari

Ko‘pchiligimiz xonaki gullarga ega bo‘lish va parvarishlashni yoqtiramiz, biroq ba’zan o‘qish yoki ish, shuningdek, kundalik hayot tashvishlari bilan ovora bo‘lib, ularga o‘z vaqtida suv quyishni ham unutib qo‘yamiz yoki vaqt topolmaymiz. Jadal rivojlanayatgan yangi texnologiyalar asosida mazkur muammoning ham yechimi topilibdi. AKT sohasida qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etib, navbatdagi sahifamizni aqlli raqamli qurilmalarga bag‘ishlaymiz.

Elektron gul tuvaklar

Kun sayin aqlli uy, aqlli soat, aqlli velosiped va hattoki, aqlli chiroqlar haqida ko‘proq eshitib bormoqdamiz. Navbat aqlli elektron gul tuvaklarga keldi. Unda uy bekasidan katta e’tibor talab qilmagan holda, avtomatik rejimda gullar, ko‘chat va sabzavotlar o‘stirish mumkin. Mazkur raqamli agronomiya mo‘jizasining nomi «smartpot»dir.


Smartpot nima?

Click and grow smartpoti elektron gul tuvak bo‘lib, o‘simlikni maxsus datchik va kartrijlar yordamida o‘sishini rag‘batlantiradi. U o‘z vaqtida suv quyadi va o‘g‘itlaydi. Aqlli click & grow platformasi odamlarni o‘simliklarni parvarishlash tashvishlaridan ozod etadi. Endi tuvakdagi gullarni parvarishlash bo‘yicha tajriba va bilimga ega bo‘lishning hojati yo‘q. Faqatgina o‘zingizga yoqqan gul bilan click and grow sotib olsangiz bo‘lgani.


Smartpot: qanday foydalaniladi?

Elektron smartpot gulni suv quymay va ortiqcha parvarishsiz o‘zi mustaqil o‘stira oladi. Gulning hayoti va rivojini kuzatish bilan protsessor, sensorlar va maxsus dasturiy ta’minot shug‘ullanadi. Ular havo, namlik, mineral moddalar miqdorini aniq belgilab, har bir o‘simlikka nima yetishmayotganligini seza oladi. Agar gulning hayot davri tugasa, unga boshqa gulni o‘tqazib, smartpotdan yana qayta foydalanish ham mumkin. Bunda shunchaki uning katrijini yangisiga almashtirish zarur. Click and grow yo‘riqnomasi quyidagilarni ko‘rsatib turadi: agar gulni startop jamlanmasidan boshqa joyga ko‘chirishni istasangiz, yangi platforma sotib olishingizning hojati yo‘q. Gul bilan birga, katrijini yangisiga almashtirsangiz bo‘lgani. Boshqa katrijga almashtirganingizdan so‘ng avtomatik ravishda, o‘rnatilgan dasturiy ta’minoti o‘zgaradi va yangi o‘simlik darhol o‘sa boshlaydi. Kartrijning o‘zi dasturiy ta’minot, chip hamda urug‘larni o‘g‘itlash tizimiga ega.

Agar qish faslida gullarga tabiiy yorug‘lik yetishmasa, o‘simliklar yorug‘lik uchun deraza tomon intilib, o‘sa boshlayotganliklarini sezsangiz, qo‘shimcha yorug‘lik manbaidan foydalaning. Bunda energiyaga tejamkor har qanday oddiy lampa ham to‘g‘ri keladi, cho‘g‘lanma lampa esa hech bir foyda bermaydi.


Click and Grow qanday ishlaydi?

Click and Grow modelidagi smartpotda maxsus dasturiy ta’minot mavjud bo‘lib, qurilmadagi sensor va protsessor gul hayoti va rivoji, o‘sishini kuzatib boradi. Kompyuter o‘simlikka zarur bo‘lgan havo, namlik, minerallar miqdorini kuzatadi, uning egasi esa huzurlanib va quvonch bilan uning o‘sishini ko‘rib, bahra olishi mumkin, xolos. Sizning oddiy gullaringiz chaman gullab-yashnashidan ko‘nglingiz yayraydi. Click and Growda pestitsidlar, fungitsid, insektitsid, o‘simlik gormonlari yoki boshqa kimyoviy vositalar mavjud emas. Ularga hojat yo‘q! Yaxshi sug‘orilgan, oziqlantirilgan, yaxshi sharoitga ega bo‘lgan o‘simlik o‘zini himoya qila oladi va hech bir tashqi yordamga muhtoj bo‘lmaydi. Click and Growda foydalaniladigan o‘g‘it ilmiy asosda testdan o‘tkazilgan bo‘lib, o‘simlikning zararsiz va xavfsiz o‘sishiga yordam beradi.


Smartpotni sotib olgandan keyin unga batareyka qo‘yib, suvga mo‘ljallangan idishni to‘ldirish zarur. Bo‘ldi. Mo‘jiza boshlanadi. Siz o‘zingizni bemalol bog‘bon deb hisoblashingiz mumkin! Agar startop komplektidagi o‘simlikni boshqasiga almashtirishni xohlasangiz, yangi Click and Growni sotib olishingizning hojati yo‘q, faqat kartrijni almashtirsangiz bo‘lgani. Click and Grow kartriji avtomatik ravishda, o‘simlikni tanib va uni parvarishlash rejimini belgilab oladi. Yangi o‘simlik kartrij o‘rnatilishi bilan o‘sa boshlaydi. Sababi kartrijda o‘simlik haqidagi ma’lumotlarga ega mikrosxema va urug‘lar bilan zarur tuproq mavjud.

Shunday qiziqarli raqamli qurilmalardan yana biri deraza oynalarini yuvishga mo‘ljallangan robotdir.

HOBOT-188 deraza yuvish roboti

Bozorda ko‘pfunksional, yaxshilangan dasturiy ta’minot hamda qulay boshqaruv pultiga ega robot-oyna yuvgich paydo bo‘ldi. Uning kuchli vakuumli dvigateli robotga har qanday vertikal yoki gorizontal yuzada turish imkonini beradi. Undan devor, kafelli pol, oyna, oynali devor va stol kabilarni tozalashda foydalanish mumkin.


Hobot-188 oyna yuvishda inson harakatlariga taqlid qila oladi, robotdan, ayniqsa, baland joylardagi hamda tashqi noqulay joylashgan oynalarni yuvishda foydalanish samarali bo‘ladi. Kuchli vakuumli nasos robotning deyarli har qanday vertikal yoki gorizontal yuzada mahkam turishini ta’minlaydi. Mikrofibralardan iborat sochiqchalar bilan qoplangan ikki g‘ildirakli tozalovchi moslamalari chang va iflosliklarni tortib oladi hamda robotni yuzalikda ushlab turadi. Robot yuzalarni tozalash uchun aylanma harakatni amalga oshiradi. Mikrofibralari va sochiqchalari evaziga yuzaliklar yuqori sifatli tozalanadi va tirnalmaydi. Barcha chang va iflosliklarni sochiqchalari vakuum yordamida tortib oladi. Sochiqchalar esa millionlab yumshoq va uzun mikrotolalarga ega bo‘lib, ular tozalash jarayonida bir-biriga ishqalanadi va statik zaryad ishlab chiqaradi, bu esa tozalash jarayonida changlarni tortib olish xususiyatiga ega. Shunda suv ta’sirida zaryad to‘xtaydi va yuza osongina yuviladi. Mikrofibra o‘zidan keyin turli tolalarni qoldirmaydi, yaxshilab tozalashdan erinmaydi, bor chang va iflosliklarning barchasini oddiy mato bilan yuvishga nisbatan to‘liq hamda oson tozalaydi, tozalashdan keyin tezda yana qayta ishga shay holda turadi, shuningdek, uzoq muddat xizmat qiladi. Pultida tugmalari mavjud bo‘lib, 3 turdagi avtomatik rejimdagi amallarni bajaradi, shuningdek, yuzani tozalashda qo‘l bilan boshqariladigan tugmalari ham bor.


Yuzalarni yuvuvchi robot oynada «ilon izi bo‘ylab» harakat qiladi, o‘z yuvgich sochiqlari bilan bir necha marta zarur joylarni tozalaydi, shu sababli Hobot-188 chala yuvilgan joyni qoldirmaydi. Robotning sun’iy intellekti yig‘ib, tozalanadigan maydon yuzasini mustaqil hisoblashga yordam beradi. Maxsus datchiklari joy yuzasi chegaralarini aniqlashga yordam beradi, shu sababli robot chegaradan o‘tmaydi va qulab tushmaydi. Bu esa ishni inson nazoratisiz ham amalga oshirishga imkon beradi. Korpusi axborot displeyi bilan ta’minlangan, unda robotning joriy holati aks etadi. Bundan tashqari, agar noxush vaziyat yuzaga kelib qolsa, qurilma tovushli xabar berib, o‘z egasini xabardor qiladi. Hobot qulay masofadan boshqaruv pultiga ega bo‘lib, uning yordamida qurilmani ishga tushirish, ishdan to‘xtatish yoki o‘zining doimiy joyiga qaytishi uchun buyruq berish mumkin. Shuningdek, pultda tugmalari mavjudligi harakat yo‘nalishini boshqarish, agar robotni belgilangan joyga olib kelish zarurati yuzaga kelsa, juda foydali. Masalan, uni foydalanish zarur bo‘lgan joyga yo‘naltirish mumkin.

Report Page