Guliston shahri “Eski dehqon bozori” va unga tutash hududlarni master-reja asosida rivojlantirish loyihasi qabul qilindi

Guliston shahri “Eski dehqon bozori” va unga tutash hududlarni master-reja asosida rivojlantirish loyihasi qabul qilindi

EconomyMoliyaPress

“O‘zmilliybank” AJ ko‘magida Guliston shahrining “Eski dehqon bozori” va “Taraqqiyot” MFY hududida 43,9 gektar yer maydoni master-rejasi ishlab chiqildi.

Master-reja doirasida hududda 30 dan ortiq xizmat ko‘rsatish obyektlari, 20 ta ko‘p qavatli turar joy binolari, 20 ga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, gipermarket va boshqa ko‘ngilochar obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Hudud zamonaviy qiyofaga egaligi bilan bir qatorda, yashil maydonlar, piyodalar yo‘lakchasi, bog‘, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy xizmat obyektlarini o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, ushbu hududda zamonaviy biznes markazi tashkil etilib, ommaviy tadbirlar, ko‘rgazmalar hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

 


Report Page