Guliston shahri
Guliston shahri
Joriy yilning 29-dekabr kuni Guliston shahar hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining sakson sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- Guliston shahrida 2023-yil IV choragi davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti;
- Shahar prokurorining 2023-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Guliston shahri ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.R.Salamatovning hisoboti;
- Guliston shahri adliya bo‘limining 2023-yil davomida joylarda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Guliston shahri bo‘limining 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti;
- Guliston shahri hokimligining 2023-yil 7-dekabrdagi “Ubaydullayev Habibulla Xayrulla o‘g‘li Guliston shahri Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida” gi 373-9-130-Q/23-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Boshqa masalalar.