Guliston harbiy prokurori podpolkovnik F.I.Djumayevning omaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Guliston harbiy prokurori podpolkovnik F.I.Djumayevning omaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmati

Bugun 17 may kuni Bekobod shahrida joylashgan Madaniyat bo'limida Guliston harbiy prokurori podpolkovnik F.I.Djumayevning sayyor qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabulda tashrif buyurgan Brigada komandiri polkovnik A.R.Shohakimov, FVB boshlig‘ining ma‘naviy ishlar va kadrlar bilan ta‘minlash bo‘yicha o‘rinbosari M.M.Mansurov hamda Bekobod shahar hokimi N.N.Babayevlar ishtirokida Bekobod shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolarining ehtiyojlari va muammolarni hamda sohaga oid muammolarni o‘z vaqtida, joyida hal etish ularga yo‘l yo'riq berish uchun Sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda Bekobod shahrida joylashgan Ipoteka bank bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Bandlikka ko'maklashish va kambag'allikni qisqartirish bo‘limi, Hotin qizlar va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi hodimlari ishtirok etishdi.






Shu bilan tadbir davomida harbiy qism harbiy xizmatchilarning o'qishga kirayotgan 4 nafar farzandlar uchun tavsiyanomalar Guliston harbiy prokurori hamda Brigada komandiri tomonidan berildi va hamkorlihdagi tashkilotlarning sayyor qabuldagi faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik e’lon qilindi.

Mirkomil Fayziyev


Report Page