Gruzincha taom 🥘😋

Gruzincha taom 🥘😋


Gruzincha taom “Chashushuli” 🇬🇪 tayyorlaymiz 😋

🥩 Go’sht 500 gr

🛢️O’simlik yog’i 3 osh qoshiq

🧅 3 ta piyoz

🍃 Quritilgan rayhon, tuz

🍃parika, 0.5 qoshiq shakar

🍅 4 ta pomidor

🫑 3 ta qizil balgarskiy

💧1 stakan qaynoq suv

🥬 kinza va sarimsoq

Tovaga o’simlik yog’i quyib, go’shtni solamiz va yaxshilab qovuramiz. Keyin esa piyozni solamiz.

Bu orada qaynagan suvga pomidorni ustini ozgina ko’rinishda kesib 10 minutga qoldiramiz

Tovadagi go’shtga ta’bga ko’ra tuz, shakar, paprika,quritilgan rayhon, tomat pastasi solib yaxshilab aralashtiramiz.

Endi boyagi pomidorni ustini olib tashlaymiz va kubik shaklda to’g’rab olamiz. Balgarskiyni uzunchoq to’g’raymiz va ikkalasini ham tovadagi go’sht ustidan solamiz. Aralashtiramiz va qaynoq suv quyib 2 soat dimlam past olovda pishiramiz.

Voh voh judayam mazali taom bo’ladi 😋

Bu taomni asl retseptida achchiq qalampir ham solinadi. Biz achchiq yemaganimiz sabab men solmadim.

Yoqimli ishtaha, video yoqqan bo’lsa yurakcha qoldirishni unutmang ❤️

Taomlar_uz sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page