Olmaliq ish bor guruhi qoidalari

Olmaliq ish bor guruhi qoidalari

Olmaliq ish bor guruhi maʼmuriyati

Assalom alaykum, OLMALIQ ISH BOR guruhimizga xush kelibsiz!

Guruhning maqsadi: Qidiruv va kelishuv!
Ishchi hodimlar va ish beruvchi insonlar muloqotini taminlash.
Yondosh guruhlarimizga ham a'zo boʻlishni unutmang! Ushbu guruhlar orqali oʻzingizga kerakli narsalarni oson topishingiz va olishingiz mumkin.
@olmaliqsavdobor - Savdo qilmoqchi boʻlgan insonlar va haridorlar uchun
@olmaliqustabor - Qurilish va taʼmirlash sohasiga bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha yozishmalar, ustalar va mijozlar uchun
@olmaliqtaxibor - Bu guruh orqali taksichilar bilan bog‘lanishingiz va taksi buyurtma qilishingiz mumkin
@avtosavdobor - Avto eʼlonlar. Avtomobil oldi-sotdi masalalari boʻyicha
@olmaliquybor - Uy-joy olish va sotish, ijaraga berish. Mijozlar va mulk egalari muloqoti uchun

Diqqat! Ushbu guruhga yozishdan avval guruh qoidalari bilan yaxshilab tanishib chiqishingizni va ularga amal qilishingizni soʻraymiz!


GURUH QOIDALARI❗

Umumiy qoidalar:

0.1. Guruhga faqat ish boʻyicha yozing.
0.2. Agar sizga ishchi kerak boʻlsa, taklif qilayotgan ishingiz haqida quyidagi maʼlumotlarni koʻrsating (Baʼzi ishlar bundan mustasno):
- Nima ish, nima qilish kerak?;
- Qayerda joylashgan;
- Qaysi jins vakiliga;
- Yosh chegarasi;
- Oylik maosh;
- Kimga va qanday murojaat qilish kerak?.

0.3. Agar siz ish izlayotgan boʻlsangiz, oʻzingiz haqida qisqacha quyidagi maʼlumotlarni yuboring:
- Yoshingiz nechida;
- Qaysi jins vakilisiz;
- Maʼlumotingizni qanday;
- Nima qila olasiz;
- Qanday ish izlayapsiz?.

0.4. Fikrlaringizni iloji boricha bitta xabarga sigʻdirishga harakat qiling;
0.5. 2-3 soatda faqat bir marta xabar yuboring. Shunda, xabaringizni boshqalar koʻproq koʻrishadi;
0.6. Guruh qoidalariga barcha guruh aʼzolari rioya qilishlari shart.


1. Guruhda taqiqlangan narsalar:

1.1. Ushbu guruhga faqat ish boʻyicha yizishingiz mumkin. Shuning uchun guruhda ortiqcha gap-soʻz qilib, chat qilmang! (dwarn / tmute)
1.2. Guruh turli xil reklamalardan xoli boʻlishi shart! Shuning uchun guruhda reklama tarqatish taqiqlanadi; (dwarn / dmute / tmute)
1.3. Guruhda turli xil beodob va haqoratli so'zlardan, smayillardan foydalanish; (dwarn / dmute / dban)
1.4. Guruhda boshqa guruh a'zolari va guruh adminlariga nisbatan hurmatsizlik qilish; (dwarn / dmute)
1.5. Boshqa guruh aʼzolarining shaxsiy sahifasi (lichkasi) ga beruxsat oʻtish; (warn)
1.5. Tarmoqli marketinga oid har qanday ish taqiqlanadi. Sababi, batafsil videoda <- koʻrish uchun bosing; (dban / dmute)
1.6. "... odamga yuboring, yubormasangiz unday boʻladi, yuborsangiz bunday boʻladi" kabi yolgʻon xabarlarni tarqatish taqiqlanadi; (dmute / dban / warn)
1.7. Fikrlaringizni iloji boricha bitta xabarga sigʻdirishga harakat qiling. Chunki, guruhga ketma-ket 5 ta xabar yuborgan foydalanuvchi guruhda yoza olishlik huquqidan 1 kunga mahrum boʻladi;
1.8. Guruhda «Salomaleykum, Salom, salomlar, qale» kabi soʻzlar bilan salomni buzib bermang. salomlashish odoblariga rioya qiling! Batafsil: Salomlashish odoblari | Salomni buzib berish haqida <- koʻrish va eshitish uchun bosing.


2. Qoidalarni buzgan guruh aʼzosiga nisbatan:

2.1. warn - foydalanuvchi ogohlantiriladilar;
2.2. dwarn - foydalanuvchi xabari oʻchiriladi va ogohlantiriladi;
2.3. tmute - maʼlum vaqtga guruhga yozish huquqidan mahrum boʻladi;
2.4. dmute - foydalanuvchi xabari oʻchiriladi va guruhga yozish huquqidan mahrum qilinadi;
2.5. dban - foydalanuvchi xabari oʻchiriladi va guruchdan bloklanadi.


3. Taklif, murojaat va shikoyatlar:

3.1. Agar biron bir taklifingiz boʻlsa, #taklif heshtegidan soʻng, taklifingizni yozib yuboring yoki @OlmaliqIshBor_Bot botiga yozish orqali adminlarga yozishingiz mumkin;
3.2. Barcha murojaatlaringizni @OlmaliqIshBor_Bot botiga yozish orqali adminlarga yozishingiz mumkin;
3.3. Favqulodda vaziyatlarda adminlarni chaqirish uchun guruhga @admin soʻzini yozib yuboring;
3.4. Guruh qoidalarini buzgan foydalanuvchilar haqida xabar berish uchun, oʻsha guruh aʼzosi xabariga javoban @admin soʻzini yozib yuboring.

Olmaliq ish bor guruhi qoidalari 1-nashri. v0.1.1 versiya

Keyinchalik guruh qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


Report Page