Grechkali golupsiy🤤
•2 ta piyoz
•2 ta kartoshka
•1 ta qizil sabzi
•300 gr suyakli goʻsht
•5.6 dona bulgʻor qalampiri
•1 osh qoshiq tamat
• 400 gr qiyma
•2 ta pomidor
•3 osh qoshiq guruch
•3 osh qoshiq grechka
•tuz,murch
•kashnich
Qozonga yogʻ solib biroz qizigach suyakli goʻshtimizni solamiz. Biroz qovurilgach kartoshka va sabzini qolib qovurishda davom etamiz. Tabga koʻra tuz solamiz. 1 qoshiq tamat solib aralashtirib suv solamiz. Pomidor va piyozni butunicha suviga solamiz. Past olovga qaynatishga qoʻyamiz.
Alohida idishga qiyma , mayda toʻgʻralgan piyoz, pomidor, kashnich, guruch, grechka,oʻsimlik yogʻi,tuz hamda murch solib aralashtirib olamiz.
Tozalangan bolgarskilarimizni ichini qiyma bilan toʻldirib olamiz.
Idishimizga galupsilarimizni terib olamiz. Qaynab turgan shoʻrvamiz ustiga pishirish uchun 1 soatga yuboramiz. Shorvasiga toʻgʻralgan kashnich solamiz.
Hamma vitaminlari oʻzida qoladigan noodatiy galupsilarimiz tayyor boʻldi. Albatta duo qilishni unutmang☺️
tass_cooking sahifasidan olindi