GrantGO sayti va telegram kanalidan foydalanish shartlari

GrantGO sayti va telegram kanalidan foydalanish shartlari

Qudratxo'ja Musayev - GrantGO loyihasi ham-asoschisi va @grantgouz kanali egasi

GrantGO loyihasi web-sayti, telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlaridagi barcha ma'lumotlar loyiha mualliflik mulki bo'lib, undan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi. Quyidagi holatlarda "foydalanish" deyilganda materiallarni ko'chirish va boshqa sayt va kanallarda ommaviy tarzda ulashish nazarda tutiladi.

GrantGO saytidagi materiallardan foydalanishda:

  • Saytdagi ma'lumotlardan doimiy tarzda (bir oy davomida 3 yoki undan ko'p) faqat loyiha ham-asoschilaridan yozma tarzda ruxsat olingandagina foydalanish talab etiladi
  • Saytdagi materiallardan har qanday tarzda foydalanishda, GrantGO saytida aynan o'sha materialga to'g'ridan-to'g'ri olib o'tuvchi havola berilayotgan materialda taqdim etilishi kerak.
  • Grant e'lonlari ko'chirilganda batafsil manba sifatida faqatgina GrantGO saytida aynan o'sha materialga to'g'ridan-to'g'ri olib o'tuvchi havola berilishi kerak.
  • Bu o'rinda faqatgina loyiha nomi eslab, saytga aniq havola bermaslik yoki faqatgina grantgo.uz sifatida eslash mualliflik huquqi buzilishi sifatida qaraladi

GrantGO telegram kanalidagi materiallardan foydalanishda:

  • Kanaldan boshqa kanal va guruhlarga postlarni to'g'ridan-to'g'ri yuborish (forward) mumkin
  • Kanaldagi istalgan post ma'lumotlari ko'chirilganda xabar ostiga "Ma'lumot @grantgouz kanalidan olindi" degan qator o'zgartirishsiz, to'g'ridan-to'g'ri GrantGO kanaliga olib o'tadigan havola (username) bilan qo'shilishi shart. 
  • Kanaldagi grantlar va blog post e'lonlari ko'chirilgan payt batafsil manba sifatida faqatgina GrantGO sayti ko'rsatilishi va postga yuqoridagidan qatordan boshqa o'zgartirish kiritish mumkin emas.
  • Ma'lumotlar ko'chirilganda kanal yoki loyiha nomini to'g'ridan-to'g'ri havolalarsiz eslash, yuqoridagi ma'lumotni qo'shmaslik, batafsil manba sifatida GrantGO saytidan boshqa manba ko'rsatilishi mualliflik huquqi buzilishi sifatida qaraladi
  • Yuqoridagi qoidalarga amal qilingan holatdagina postga boshqa kanal havolalari qo'shilishiga ruxsat beriladi. Agar qoidalarda tushunmovchilik bo'lsa, Telegram orqali @effort_uz profiliga murojaat qilish mumkin

GrantGO YouTube kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlaridagi materiallardan foydalanishda:

  • YouTube kanalidagi yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi materiallardan faqatgina loyiha ham-asoschilaridan yozma tarzda ruxsat olgan holda foydalanishga ruxsat beriladi

Murojaat uchun: https://t.me/effort_uz yoki support@effort.uz

"Effort Team" mas'uliyati cheklangan jamiyati
Davlatdan ro'yxatidan o'tkazilgan raqami: 980346

Report Page