Go‘zal malika va uning yagona muhabbati

Go‘zal malika va uning yagona muhabbati

@XiyonaT

Bir go‘zal malika yashardi. U kun bo‘yi deraza oldida o‘tirib, o‘zining orzusidagi yagona muhabbatini kutardi. Ertaklarda bo‘lganidek, uning qo‘lini so‘rash maqsadida qasriga ko‘plab kuyovlar kelishardi. Lekin hammasi quruq qaytib ketardi. Malika hech kimning taklifini qabul qilmasdi.

Malika yagona muhabbati qanday bo‘lishi kerakligini allaqachon hal qilgan, hatto birorta jihatini unutib qo‘ymaslik uchun o‘zicha ro‘yxat ham tuzgandi.

@XiyonaT

Qo‘lini so‘raganlarning birortasi esa bu ro‘yxatdagi xususiyatlarga to‘la mos kelmasdi. Nuqul bir narsasi to‘g‘ri kelmasdi. Bittasi judayam yosh, bittasining yoshi katta, uchinchisi tepakal, to‘rtinchisi ziqna, beshinchisi xunuk kuladi, oltinchisi tartibsiz kiyingan, o‘zini tutishi ham g‘alati… Xullas, hammasidan kamchilik topilardi. Kuyovlarning ba’zilari taqdirdan norozi bo‘lib, ba’zilari ko‘zida yosh bilan, ba’zilari esa hatto xayrlashmasdan qasrni tark etardi.

Shu tariqa yillar o‘tdi, malika esa hamon yagona muhabbatining tashrifini kutardi.

Nihoyat bir kuni qasrga ko‘rkam shahzoda keldi. U chiroyli, boy, po‘rim kiyingan, o‘zini tutishi ham yaxshi edi. Malika ro‘yxatiga nazar tashladi-yu, uning kelganini tushundi. Mana u, uning yagona muhabbati! Hamma jihatlari mos kelyapti! Malika shahzodani sevib qoldi va unga turmushga chiqishga rozi ekanligini aytdi. Ammo shahzoda bunga javoban shunday dedi:

@XiyonaT

— Men o‘zimning yagona muhabbatimni topish uchun minglab qirolliklarni ko‘rdim, yuzlab ajdarholarni o‘ldirdim. Lekin uni baland tog‘lardan ham, uzoq mamlakatlardan ham topolmadim. Uni bu yerda ham ko‘rganim yo‘q. Alvido, malika, kechirolsangiz, meni kechiring.

Shahzoda shu so‘zlarni aytib, oq otini egarladi-da, yana o‘zining yagona muhabbatini izlab yo‘lga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketarkan, yana qancha malikalarning qasriga tashrif buyurishi kerakligi haqida o‘ylardi. Shahzoda cho‘ntagidan g‘ijimlanib ketgan qog‘ozni olib, o‘qidi va xo‘rsinib yana cho‘ntagiga tiqib qo‘ydi. “Bu qiz, albatta, chiroyli, lekin nimayam qila olardim?..”

Uning ro‘yxatidagi naq uchta bandga malika mos emasdi…


Top Hikoyalar makoni👇

Kanalimizga qoshilish uchun bosin👇

XiyonaT kanali taqdim etadi

1 @XiyonaT 2 @HiyonaT

Kanalga kirish uchun tepade qora yozuvde xiyonat ga bosing👆👆👆

Report Page