Govmichcha ( tirsak ).
Kasalliklar kanali
Govmichcha - kiprikning yoki yog' bezining xaltacha kasalanganda qovoq qirg'og'ining o'tkir yiringli yallig'lanishi.
■ Korxona changi, kontakt linzasi tashqi , bakterial infeksiya ( ko'pincha stafilakokkli va streptakokkli infeksiya ) kasallik paydo bo'lishiga imkon bergan bo'lishi mumkin.
Ko'proq organizmning turli yuqumli kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobilitati past bo'lgan nimjon odamlarda uchraydi.
⚠ Govmichcha aksar blefarit bilan qo'shlib ketadi.
Belgilari:
● Qichish, ko'zning kasallanishi , qovoq atrofida og'riq.
● Bir Joyda qattiq og'riqli shish paydo bo'lib, qovoq chekalari ( kiprik milki ) qizaradi.
● 2 - 4 kundan keyin shish uchida sarg'ish boshcha paydo bo'ladi, uni yorganda yiring va o'lgan to'qimalar zarrachalari chiqadi.
● Goxo, yiringni bosganda, govmichcha og'ir yiringli asoratga - ko'z kosasi flegmonasiga, yiringli miningit va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Shifokorga qachom murojat qilish kerak ?
Qovoqning yiringli yallig'lanishi yuzaga kelganda oftalmologga murojat qiling.
Shifokor ko'rsatmalari:
Kasallik avvalida yiringlashish avj olgunga qadar og'rigan joy atrofi 70% li etil spirtida kunda 3 - 5 marta xo'llanadi, bu govmichchaning bundan keyin yallig'lanish jarayonini to'xtatish imkonini beradi.
