Go’shtli pirog yoki balish
Like❤️ bosib obuna bo’ling. Videoni saqlab oling.
‼️Piyoz kartoshkalani judaaaayaaaam mayda to’g’rash shart. Piyoz to’g’ralgandan keyin qo’l bilan yaxshilab ezg’ilanishi kere. Bo’masa piyozlari yaxshi pishmiy qoladi‼️
250gr shedroye leto
5-5,5 piyola un
400ml qatiq yoki kefir
1ta tuxum va 2ta tuxum oqi (sarigini ustiga suramiz)
150ml yog’
1 choy qoshiq tuz
1 xhoy qoshiq chaynaya soda
500gr lahm mol go’shti
2ta kotta kartoshka
2ta piyoz
Tuz ziravorlar
2ta tuxum sarig’i+ 1 osh. q sut
Kunjut
xamiri: un +margarin uqalab urvog’ qilinadi. Alohida idishda qatiq+ 1 ta tuxum+ 2ta tuxum oqi+yog’+tuz+soda solib yaxshilab aralashtirib bitta massa qilinadi. Margarin va undan tayyorlangan kroshka ustiga suyuq massani solib yumshoqqina hamir qoramiz. Uni kamlik qilsa oz ozdan un solamiz. Tayyor hamrni 2 ga bo’lib xolodilnikka nachinka tayyorlavogunimizgacha tindiramiz taxminan 10-15 min. Videoda ko’rsatilgandek xamirlani Yozib pasiga nachinka solib pirogni yigvolamiz. Ustiga 2ta tuxum sarigiga 1 osh qoshiq sut aralashtirib suramiz. Vilka sanchib kunjut sepib 55-65 minutda 180-190 gradusda pishirishga duxovkaga yuboramiz.
go’sht+ kartoshka+ piyoz. Hammasi judayam mayda to’gralib tuz biracial bilan yaxshilab arashtiriladi
Sabosha.s_kitchen sahifasidan olindi