Go'shtli Azu taomi 🥘

Go'shtli Azu taomi 🥘


Bugun tatarcha azu taomini tayyorlaymiz.

-qovurish uchun o’simlik yog’i

-go’sht

-tuz, koriandr, shakar 1 qoshiq

-tomat

-suv

-kartoshka

-sho’r bodring

Tovaga o’simlik yog’ quyib, uzunchoq to’g’ralgan go’shtlarimizni o’rta olovda qovuramiz.

Keyin piyoz va sarimsoqni solib qovurishda davom etamiz.

Tomat pastasi solib aralashtiramiz va bir stakan suv quyamiz.

Tuz, shakar, koriandr solib qopqog’ini yopib go’sht yumshagumcha past olovda pishiramiz.

Alohida qozonda uzunchoq to’g’ralgan kartoshkalarni tillarang tusga kirguncha qovuramiz.

Tayyor bo’lgan go’shtimizga tuzlangan bodring hamda kartoshkani solib, aralashtirib yana 10 minutga qopqog’ini yopib dimlab qo’yamiz.

Go’shtli issiq taomimiz tayyor, ustiga ko’katlar sepib chiroyli qilib dasturxonga tortamiz.

Retsept yoqqan bo’lsa yurakchani bosishni unutmang

taomlar_uz_ sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page