Google tarjimondan qanday foydalanish
Bek OlimjonBu oʻqiyatganingiz Google tarjimondan telefonda qanday foydalanish boʻyicha qisqacha qoʻllanma. Agar siz Google translatedan telefonda qanday foydalanishni bilsangiz bu siz uchun emas. Bu qisqa matnda telefon kamerasidan foydalanib ingliz tilidagi matnni oʻzbek/rus tillariga tarjima qilish koʻrsatilgan. Bu koʻpchilik uchun oddiy tuyulishi mumkin, lekin bu haqida yozishimga sabab quyidagi vaziyat boʻldi. Men Oʻzbekistondagi hamkasblarim bilan aloqadaman. Imkon qadar bilganimni boʻlishishga harakat qilaman. Lekin eng katta muammo foydali maʻlumotlar asosan ingliz tilida (bu haqida oldingi maqolada ham yozgan edim). Oʻtgan hafta davomida 3 ta shifokor hamkasbim bilan gaplashdim. Maʻlumot olishda asosiy muammo til masalasi. Ularga Google tarjimondan foydalanish haqida aytgan edim, u haqida bilishmas ekan. (Biladiganlar koʻp boʻlishi mumkin, lekin bu bilmaydiganlar uchun).
- Telefoningizdan mana bu rasmdagi appni topasiz
Agar u yoʻq boʻlsa, Play Marketdan oʻrnatish mumkin. Koʻrinishi mana bunday.
2. Ochganda mana bunday koʻrinishda boʻladi
Bizga kerakli qismi kamerasi.
3. Kamerani ochsak mana bunday koʻrinishdagi interfeys ochiladi
Eng pastida uch xil funksiyalar koʻrsatilgan: Instant, Scan va Import. Instant bu kamerani matnga qarab toʻgʻrilaganingiz zahotiyoq tarjima qiladi. Scan esa matnni skanerdek koʻchirib oladi va keyin tarjima qiladi. Import esa rasmlar galereyasidagi biror matn rasmini koʻchirib olib tarjima qiladi. Men uchun scan va import qulaydek tuyuladi. Chunki scanda siz matnni kerakli qismini belgilab olishingiz mumkin. Importda esa biror bir kitobni 5-10 sahifasini avval rasmga ovolib, keyin tarjima qilishga qulay.
4. Tarjima qilishni boshlaymiz. Bu uchun kitobdagi bitta sahifani rasmga olamiz. Men bu yerda planshetdagi kitobni rasmga olganman. Rasm yetarlicha tiniq boʻlsa boʻldi. Nimada boʻlishining ahamiyati yoʻq.
Select all (barchasini tanla) tugmasini bosamiz.
Havorang bilan belgilangan qismi bu oʻzbek tiliga tarjima qilingan qismi. Oʻng tomondagi strelkaga bossak toʻliq matn ochiladi.
Bir necha soniyalar ichida tarjima tayyor. Shuni aytish kerakki Google tarjimon oʻzbek tilini qoʻshganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Shuning uchun tarjima yuqori sifatda emas. Shunday boʻlsada mazmunni bemalol tushunish mumkin. Ilmiy matnlarni nisbatan yaxshi tarjima qiladi. Agar rus tilini tushunsangiz bu yanada yaxshi. Chunki ingliz tilidan rus tiliga tarjima sifati ancha yaxshi.
Bu haqida koʻpchilik bilsada, kimlar uchundir balki foydasi tegar degan maqsadda yozdim.