Google siz haqingizda nimalarni biladi?
«FEATUREUZ»
Google siz unutgan ma‘lumotlarni ham saqlaydi. Google o‘zining foydalanuvchilari haqida, uning eng yaqin o‘rtoqlaridan ham ko‘ra ko‘proq ma‘lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.
—
• «Google hisobi» qaydnomasi sozlamalaridagi barcha ma‘lumotlar uchta asosiy bo‘limga taqsimlanadi. Bular — «Xavfsizlik va kirish», «Maxfiylik va personalizatsiya» va «Hisob sozlamalari»
• Google tomonidan saqlanadigan foydalanuvchi ma‘lumotlarining qisman ro‘yxati:
Bular — Jinsi va Tug‘ilgan kun; shaxsiy raqamlar va aloqalar; qidiruv so‘rovlari va Internetda qidirish tarixi; afzal ko‘rgan narsalar va sevimli mashg‘ulotlar; joylashuvlar — shu jumladan sevimli joylar, ish joyi, unga qaysi yo‘nalishda va qaysi transportda borish; ba‘zi hollarda google sizning ovozingizni yozib oladi va hatto-ki sizni fotosuratdan tanib olish qobiliyatiga ham ega.
Quyidagilardan havolalar keltiraman:
1. Joylashuvlar tarixi: https://maps.google.com/locationhistory
2. Qidiruv tarixi: https://history.google.com
3. Hisob qaydnomangizda foydalanayotgan qurilmalar ro'yxati: https://security.google.com/settings/security/activity
4. Google'dagi hisobingizga kirish huquqiga ega bo'lgan barcha ilovalar va kengaytmalar: https://security.google.com/settings/security/permissions
5. Hisob qaydnomangiz haqidagi barcha ma'lumotlar: https://www.google.com/takeout
6. Telefoningizni toping: https://myaccount.google.com/find-your-phone
7. YouTube tarixi (ko'rishlar, qidirish, sharhlar): https://www.youtube.com/feed/history