Google bemorlarning qachon o‘lishini bashorat qilishga qodir tizimni yaratdi

Google bemorlarning qachon o‘lishini bashorat qilishga qodir tizimni yaratdi

Kamol To'xtayev

Google dasturchilari bemorning ahvolini tahlil qiluvchi hamda uning qachon vafot etishini bashorat qilishga qodir yangi algoritmni yaratdi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi. Ko‘krak saratoni tufayli vafot etgan bir ayol misol sifatida keltirib o‘tilgan. Bemorni qabul qilgan shifokorlar uning o‘limi tezligini 9,3 foizga baholagan, Google’ning yangi algoritmida esa ushbu ko‘rsatkich 19,9 foizni tashkil etgan. Ayol bir necha kundan so‘ng vafot etgan. Dasturchilarning ta’kidlashicha, yangi dasturiy ta’minot tibbiyot xodimlarining ishini yengillashtiradi va aniq tashxis qo‘yishda ko‘maklashadi. Google’ning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi dastur shifokorlarga nafaqat bemorning o‘limini bashorat qilishda, balki uning yana qachon muassasaga murojaat qilishida, shuningdek, shifoxonada qancha muddat qolishini aniqlashda ham yordam beradi. Mazkur tizim bashoratni amalga oshirishda bemorning jinsini, laboratoriya tadqiqotlari natijalarini, undan oldin qo‘yilgan tashxislarni va boshqa ko‘plab ma’lumotlarni inobatga oladi. Manba Daryo.uz

Report Page