Google Summer STEP Internship 2024
Javokhir AkramjonovMay 04, 2024Bu maqola qanday qilib Google'dan offer olganim haqida bo'ladi. Qani unda boshladik!
1-qadam, Matematika
Matematika dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r bilimlardan biri.
2-qadam, Ingliz tili
Hozirgi kunda ingliz tilisiz zo'r dasturchi bo'lishning imkoni yo'q.
3-qadam, Algoritmlash
Algoritmlashni bilish dasturlashning judayam ko'p qirralarini ochib beradi va sizni zo'r dasturchi bo'lishingizda xizmat qiladi.
Men o'qigan kitoblar:
Algoritmlash va dasturlash asoslari
Competitive-Programming-3rd-Steven-Halim
Competitive Programmer’s Handbook
4-qadam, CV tayyorlash
Ishga kirish uchun sizga albatta yaxshi CV kerak bo'ladi. CV ustida 1 soat emas bir necha hafta ishlasangiz ham arziydi va shunday qilish ham kerak. CV tayyorlaganingizdan so'ng bu CV haqida boshqa tajribali dasturchilardan CV'yingiz haqida fikrlarini so'rang. Yaxshi CV yaxshi ishlarga olib boradi.
5-qadam, Google Internship'ga topshirish
2023-yil Sentyabr edi. Google'da internshiplar ochildi va men ham bu imkoniyatdan foydalanishga qaror qildim.
Internship uchun talablar vahimali emas edi:

6-qadam, Intervyu
Yanvar oyining ohirlarida intervyu bosqichiga o'tganligim haqida email yuborishdi va 2 hafta ichida intervyu kuni uchun qulay vaqtlarni tanlashimni so'rashdi.
Azimjon akadan so'radim va Azimjon aka intervyuni imkon qadar tezroq qilganim yaxshi ekanligini aytdi.
Bir kunda ikkita intervyu bo'ldi va bu intervyu haqida ushbu maqolada alohida yozdim.
7-qadam, Host-Matching (Qaysi jamoaga ko'proq keraksiz?)
Intervyudan muvaffaqiyatli o'tib olgach, mendan kattagina forma'ni to'ldirishmni so'rashdi. U yerda:
- Qaysi dasturlash tillarini yaxshi bilishimni
- Qanday loyihalar ustida ishlashni yaxshi ko'rishimni
- Qanday ishlar qilganimni
- Ko'proq qaysi davlatda internship qilgim kelayotganini
- Qaysi sohaga qiziqishimni
kabi ma'lumotlarni so'rashdi. Bu esa men Google'da qaysi jamoaga ko'proq yordam bera olaman va menga qaysi jamoada ishlash ko'proq narsa o'rgatadi degan ikkita asosiy savolga javob berishga yordam berdi.
8-qadam, Offer olish
Avval Londondagi jamoaga taklif qilishdi, ammo Polsha uchun olgan vizam yaroqlilik muddati tugagani uchun, borsam, Polshaga qaytib kela olmasligim mumkin degan qo'rquv bilan Londonni rad etdim. Biroz kutishdan so'ng Shvetsariyadagi Google Messages jamoasiga taklif qilishdi va buni qabul qildim.
Xulosalar:
- Katta kompaniyalarga ishga topshirishda:
Baribir meni olmasa kerak...
degan fikrdan uzoq turib, [topshirib ko'raverish kerak]. Sababi olmaslik ehtimoli bir tomon bo'lsa, olishlik ehtimoli bir tomon. Olmasa tajribali, olsa ishli bo'lganimiz qoladi.
Google birorta nazariy savol bermadi, Masalan, heap nima? hash-table qanday ishlaydi? multi-threading haqida aytib bering va hokazo.
- Texnik intervyuda faqatgina algoritmlashga oid masalalar.
- Host-matching intervyuda faqatgina, CV'yimda yozgan ba'zi ishlarimni qanday bajarganligim haqida so'radi.
- [Algoritmlashni kuchaytirish kerak degani]
- [Ingliz tilini yaxshi bilish shart!]
- Intervyulardan oldin, boshqa tajribali dasturchilar bilan [mock-interview qilish kerak].
- Ilmsiz inson o'zini ilmli va xotirjam ko'rsatishi mumkin ammo savol berilganda ilmsizligi yaqqol namoyon bo'ladi. [Ilm o'rganing va intervyuda xotirjam bo'ling].
- "Yo'lga usuli bilan chiq" deyilganidek, Albatta ishga topshirish vaqtida bu qadamlarni bosib o'tganlarning [xatolaridan va maslahatlaridan foydalaning]!
Alhamdulillah, ota-onam, yaqinlarim va barcha ustozlarimga rahmat aytaman.
Ko'proq maqola va postlar uchun: @JavaHereBlogs