Google Internship Interview (1-kun)

Google Internship Interview (1-kun)

Javokhir Akramjonov

Kirish

Assalamu alaykum. Ismim Javohir. Hozirda Polshada PJAIT da 2-kurs bakalavrda o'qiyman.

El qatori men ham 2023-yil Sentyabr oyida Googlega internship ga topshirdim. Va 2024-yil Yanvar oyining ohirlarida intervyu qilish uchun keyingi 2 hafta ichida 5 ta vaqtni aytishim kerak ekanligini aytishdi.

Va nihoyat Fevralning 2-kuni uchun intervyu belgilandi.

Bugun 2-fevral ...

Intervyu 2 ta 45 daqiqalik qismlardan tashkil topgan va o'rtada 15 daqiqa dam olish(nimagadir menda bu qism 1 soat-u 15 daqiqa bo'ldi).

Intervyu

1-chi 45-daqiqa

  1. Tanishuv (5 daqiqa), Google Cloud da ishlar ekan:) (Varshavada)

1-masala

Boshida faqat '(' va ')' uchun, keyinchalik esa shartga '{', '}', '[', ']' ham qo'shildi.

  1. Stack bilan hal qilish usulini aytdim, kod yozib berdim va ijobiy bo'ldi.

2-masala

Boshida faqat 'a' va 'b' litrli idishlar yordamida 'c' litr suv hosil qilish mumkinligini topishimni so'radi.

Rekursiyadan foydalanib yechishni boshladim.

Memoization ni ham qo'shishimni so'radi.

Keyin esa 'c' litrni hosil qilishdagi qadamlar ni ham ko'rsatishimni so'radi.

  1. Afsuski ohirigacha tugatishga ulgurmadim, vaqt meni tugatishimdan oldin tugadi:)
  2. Savol berish navbati menga keldi. Bir uchrashmaymizmi ishdan tashqari deb savol berdim va "I am not sure" degan javob oldim:)
  3. Xayrlashuv va rahmat aytish qismi. Mendan polyak ekanligimni(😁), qayerda o'qishimni, qayerda istiqomat qilishimni so'radi. Menga bu intervyuni eng yoqqan joyi shundaki, intervyu oluvchi odam juda muloyim, intervyu davomida ozgina boshqa joyga burilganingizni sezsa to'g'ri yo'lni ko'rsatib yuboruvchi, koddagi ba'zi qismlarni optimize qilish mumkinligini aytishi bo'ldi.

2-chi 45- daqiqa

  1. Tanishuv (5 daqiqa). Google Cloud da ishlar ekan:) (New York)

1-masala:

String berilgan. 'a' bilan boshlanib 'b' bilan tugaydigan eng uzun qism satrning uzunligini topish dasturini tuzishimni so'radi.

left -> birinchi 'a' ning indeksi

right -> oxirgi 'b' ning indeksi

length = if(left >= right) 0 else (right - left + 1)

degan yechim taklif qildim va kod yozdim.

Time Complexity va Space Complexity lari haqida so'radi.

  1. Edge Case lar haqida so'radi.

2-masala

int array berilgan, elementlar [0..(n-1)] dan tashkil topgan permutation.

string array berilgan.

elementlarni o'z o'rniga qaytaruvchi dastur tuzing.

Masalan:

permutation = [1, 3, 2, 0]

words = [b, d, c, a]

ya'ni

b ni 1-chi indeksga joylashtiring, d ni 3-chi, c ni 2-chi va a ni 0-chi.

answer -> [a, b, c, d]

Javobim:

  1. yangi string li array ochib, res[i] = words[permutation[i]] deb to'ldirib chiqdim.

3-masala

Bu masala uchun dfs bilan yechish mumkinligini aytib, rekursiv usulda yechib ko'rsatdim.

  1. So'ng agar minimum height so'ralganda qanday yechim qilarding deb qo'shimcha qildi, va ayni yechimdagi max ni min ga almashtirish kifoya ekanligini aytib yakunladim.
  2. Xayrlashuv va rahmat aytish qismi. Hech qachon bugungi kunchalik muloyim intervyu bo'lmaganligini aytib, minnatdorchilik bildirdim. Agar Google ga qo'shilib, New York ga borib qolsam u bilan ko'rishmoqchi ekanligimni aytdim va xayrlashdim.


Xulosalar

  • Intervyu uchun alohida vaqt ajratib "best practice" lar asosida savollarga javob berishni mashq qilish kerak
  • Leetcode dan imkon boricha ko'proq yechish kerak
  • Hech qachon eng zo'r javobni aytaman deb ungacha borini ichida saqlab, qiynalib hisob kitob qilib o'tirmaslik kerak
  • Eng sodda "brute force" yechim bo'lsa ham berish va keyin imkoni bo'lsa uni "optimize" qilish kerak
  • Juda ko'p muddat gapirmasdan jim o'ylash kerak emas, miyyangizda nimalarni hisob-kitob qilayotganingizni u bilan bo'lishishingiz kerak
  • Hamma savollar uchun yozgan kodingizni biror "test case" uchun debug qilib berish kerak
  • 1 dona matematik formula bilan masala hal bo'lishini bilsangiz ham, avval shunday ekanligini aytib, keyin alohida formulasiz kod bilan ham qila olishingiz mumkinligini ko'rsatish kerak (bu sizni o'ylagan yechimlarni kod ga tarjima qila olish qobiliyatingizni ham ko'rsatib beradi)
  • Yaxshi savol tayyorlab kelish kerak
  • Hayajonlanmaslik kerak

Report Page