“Gold Talents”

“Gold Talents”

Iqbol BAXT

“Gold Talents”

ikki bosqichli xalqaro televizion tanlovini tashkil etish va o‘tkazish

bo‘yicha nizom

I. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekistonda ilk bor xalqaro formatda bo‘lib o‘tadigan “Gold Talents”

xalqaro televizion tanlovi O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati

to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston –

2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini

samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-maydagi PF–79-son

Farmonlariga asosan mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasiga berilayotgan

imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar natijasi o‘laroq, iqtidorli yoshlarni kashf etish va

ularning ijodini keng ommaga targ‘ib etish maqsadida o‘tkaziladi.

II. Televizion tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

2. Xalqaro televizion tanlov (keyingi o‘rinlarda – xalqaro tanlov) “Mening yurtim”

telekanalining mualliflik tanlovi hisoblanadi.

3. Xalqaro tanlov “Mening yurtim” hamda “Renessans” telekanali, Ispaniya

davlatining Fiestalonia milenio xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat

vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar

vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston

kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekistonning tegishli xorijdagi

vakolatxonalari, Ozarbayjon Respublikasining xalqaro yoshlar markazi hamda

Ozarbayjon milliy konservatoriyasi, Turkiya davlat universiteti, shuningdek, boshqa

tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

4. Xalqaro tanlovda 3 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston va boshqa xorijiy

davlatlarning bolalar musiqa va san’at maktablari, “Kelajak markazi” bolalar maktablari,

umumta’lim muassasalari o‘quvchilari, o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari

hamda madaniyat va san’atga qiziquvchi barcha iqtidorli yoshlar, ijodkorlar (yakka va

jamoaviy tarzda) ishtirok etadi.

5. Xalqaro tanlov 2026-yilning 24-27 aprel kunlari Toshkent shahrida ikki

bosqichda o‘tkaziladi:

– Birinchi bosqichda barcha ishtirokchilar 24-27 aprel kunlari ishtirok etadi va ular

orasidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritganlari hakamlar hay’ati tomonidan 2-bosqichga tavsiya

etiladi. 2-3 o‘rinni qo‘lga kiritganlar tegishligicha taqdirlanadi.

– Ikkinchi bosqichda hakamlar tomonidan tavsiya etilgan (1-o‘rin g‘oliblari)

ishtirokchilar ishtirok etadi. Har bir ishtirokchilarning natijasi hakamlar hay’ati qarori bilan

rasmiylashtiriladi.2

– Xalqaro tanlovning 2-bosqichi tashkiliy qo‘mitaning qaroriga ko‘ra may oyining

boshida o‘tkaziladi. 2-bosqichga yo‘llanma olganlarga tayyorgarlik jarayonlari uchun vaqt

beriladi.

– Xalqaro tanlov televizion ko‘rinishda o‘tkaziladi. Bunda, ishtirokchilarning ijodiy

chiqishlari efirga uzatiladi.

Xalqaro tanlovga arizalar 2026-yilning 24-martidan 23-apreliga qadar tashkiliy

qo‘mita tomonidan quyidagi telegram bot orqali qabul qilinadi.

@newtalents_24

Telefonlar:

+99895-008-59-29

+99895-008-69-29

6. Xalqaro tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar

“Renessans” telekanali qoshidagi Ijodiy ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

7. Xalqaro tanlov mobaynida #MenGoldTalentsgaQatnashaman xalqaro

chelendji o‘tkaziladi. Bir nafar chelendj g‘olibi Tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdirlash

marosimida maxsus telefon bilan taqdirlanadi.

8. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlovni targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etgan ta’lim

muassasalari orasidan “Eng faol ta’lim muassasasi” mukofotiga 1ta ta’lim muassasasi

nomzodi aniqlanadi. Ushbu ta’lim muassasasi faoliyati “Renessans” hamda “Mening

yurtim” telekanali tomonidan namunali deb keng yoritiladi hamda maxsus diplom bilan

taqdirlanadi.

9. Xalqaro tanlov mobaynida ishtirokchilar va ularning o‘qituvchilari uchun xalqaro

“Mahorat darslari” ijodiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

III. Tanlov yo‘nalishlari va ijro vaqti

– Fortepiano (ijro vaqti 7 minut);

– Torli cholg‘ular (ijro vaqti 7 minut);

– Estrada cholg‘u ijrochiligi (ijro vaqti 5 minut);

– Damli va zarbli cholg‘ular (ijro vaqti 5 minut);

– Xalq cholg‘ulari (ijro vaqti 5 minut);

– An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (ijro vaqti 6 minut);

– Akademik xonandalik (ijro vaqti 5 minut);

– Estrada xonandaligi (ijro vaqti 5 minut);

– An’anaviy xonandalik (ijro vaqti 6 minut);

– Baxshichilik, jirov (ijro vaqti 5 minut);

– Xoreografiya (ijro vaqti 6 minut);

– Teatr san’ati (ijro vaqti 7 minut);

– Tasviriy san’at (ijodiy ish chizishga 4 soatgacha vaqt beriladi);

– Folklor ijrochiligi (ijro vaqti 8 minut);

– Xor (ijro vaqti 6 minut);

– Amaliy san’at (ijodiy ish yaratishga 4 soat vaqt beriladi)

– Sheriyat (sher o‘qishga har bir ishtirokchiga 8 munitdan vaqt beriladi).3

10. Ishtirokchilar o‘z ijrolarini yuqorida belgilangan vaqtdan chiqmagan holda

o‘zlarining ihtiyoriga ko‘ra, 1 ta yoki 2 ta eng yaxshi asarni tanlab ijro qiladi.

11. Xalqaro tanlovning 2-bosqichiga yo‘llanma olganlarga 1-bosqichdagi asarlarini

qayta ijro qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

12. Tasviriy san’at yo‘nalishi ishtirokchilari tanlov mobaynida “Yangi

O‘zbekiston” mavzusida ijodiy ish yaratadilar. Buning uchun ishtirokchilarga 4 soatga

qadar vaqt ajratiladi. (Misol uchun: Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar,

o‘zgarishlar, yangilanishlarni tasvirlash mumkin. Bu ishtirokchining fantaziyasiga bog‘liq

bo‘ladi)

13. Amaliy san’at yo‘nalishi ishtirokchilari erkin mavzuda ijodiy ish yaratadilar.

Buning uchun ishtirokchilarga 4 soat vaqt ajratiladi.

Xorijlik ishtirokchilar tasviriy san’at va amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha erkin

mavzuda belgilangan vaqtda ijodiy ish yaratadilar.

14. Jamoaviy (ansambl) tarzda ishtirokchilar soni 16 nafargachani tashkil etishi

maqsadga muvofiq hisoblanadi.

15. Ishtirokchilar yoshiga ko‘ra quyidagi guruhga bo‘linadi:

Birinchi guruh – 3-6 yosh;

Ikkinchi guruh – 7-9 yosh;

Uchinchi guruh – 10-12 yosh;

To‘rtinchi guruh – 13-15 yosh;

Beshinchi guruh – 16-19 yosh;

Oltinchi guruh – 20-25 yosh;

Yettinchi guruh – 26-29 yosh;

Sakkizinchi guruh – 30 yosh va undan yuqori.

IV. Ishtirokchilarni baholash va nominatsiyalar

16. Xalqaro tanlov ishtirokchilarini baholash har bir yosh toifasida shaffof tarzda

o‘tkaziladi.

Buning uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro darajada sohaning yetakchi

mutaxassislari, dotsent, professorlar, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston xalq

xofizi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar hamda taniqli san’at namoyondalari

jalb qilinadi.

17. Ishtirokchilar 25 ballik tizimda baholanadi. Umumiy ballar hakamlar hay’atini

ballari hisobiga aniqlanadi.

18. Hakamlar hay’atining qarori qat’iy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.

19. Birinchi bosqichda ishtirokchilar orasidan 1,2,3, o‘rin g‘oliblari aniqlanadi va

ular diplom, medal, sertifikat, yoshlar uchun maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchilarning ota-onalari, o‘qituvchilari, ta’lim muassasa rahbarlari ham

tashakkurnoma bilan taqdirlanadi. Bunda, ikkinchi bosqichga faqat 1-o‘rinni olganlarga

yo‘llanma beriladi.

20. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar orasidan hakamlar hay’atining qaroriga

ko‘ra:

Gran-pri sovrindorlari (statuetka, tv sertifikati, xalqaro diplom);

Maxsus nominatsiya g‘oliblari (10 ta yo‘nalishda);4

“Gold Talents” xalqaro stipendiyasi g‘oliblari (jami 2 nafar - “1 nafar maktab

yoshidagi ishtirokchiga hamda 1 nafar oliy ta’lim muassasasi yoshidagi ishtirokchiga”

beriladi). Mazkur stipendiya har bir nomzodga 3 oy mobaynida 500 ming so‘mdan etib

belgilanadi.

21. Nogironligi bo‘lgan ishtirokchilarga 50 foizlik chegirma taqdim etiladi.

22. Nominatsiyalar quyidagicha belgilanadi.

– Eng yaxshi fortepiano ijrochisi

– Eng yaxshi maqom ijrochisi

– Eng yaxshi mohir musiqa ijrochisi

– Eng yaxshi estrada xonandasi

– Eng yaxshi akademik xonandasi

– Eng yaxshi raqs ijrochisi

– Eng yaxshi rassom

– Eng yaxshi hunarmand

– Eng yaxshi aktyor

– Eng yaxshi shoir(shoira)

23. Ushbu nominatsiyalar barcha hakamlar hay’atining umumiy ovoziga asosan

aniqlanadi. Bunda, hakamlar ayrim nominatsiyalarga ijro mahoratidan kelib chiqib,

nomzod tavsiya etmaslik huquqiga ega ham hisoblanadi.

24. Xalqaro tanlovning Gran-pri sovrindorlariga “Renessans” telekanalining Yangi

tong dasturida chiqishi uchun bir martalik maxsus sertifikat beriladi.

V. Xalqaro tanlovni moliyalashtirish tartibi

25. Xalqaro tanlovni o‘tkazishda qator tashabbuskor homiylar ham jalb etilishi

mumkin.

Xalqaro tanlovda ishtirokchilarning ishtiroki uchun quyidagi miqdordagi badal

to‘lovi olinadi.

yakka ishtirokchi uchun - 800 ming so‘m;

duet - har bir ishtirokchi uchun 500 ming so‘m;

jamoa (ansambl)ning har bir ishtirokchisi uchun 450 ming so‘mdan.

To‘lovlar: 5614 6819 1273 6976 – Uzcard - Asliddin Akmalov – gа

yuboriladi.

to‘lov o‘tganligi bo‘yicha maxsus chek nusxasi @newtalents_24 botga yoki

telegramga yuboriladi.

Xorijlik ishtirokchilar uchun badal to‘lovi 100 AQSH dollarini tashkil etadi.

26. To‘lovlar xalqaro tanlovni tashkil etish, ishtirokchilar ijodini tasvirga

olish, efirga berish, ishtirokchilarni rag‘batlantirish diplom, medallar, statuetkalar,

kuboklar, maxsus stipendiya berish, bannerlar, reklama roliklari tayyorlashga, Ishchi

guruhi va hakamlar hay’ati ish haqi, ovqatlanishi, yo‘lhaqi, mehmonxona xarajatlari,

sahna dekoratsiyalari xarajatlari, ekran havozalari xarajatlari va boshqa ko‘zda

tutilmagan xarajatlar uchun tashkiliy qo‘mita tomonidan yo‘naltiriladi.5

27. Xalqaro tanlovda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar

yuborayotgan tashkilotlar (ta’lim muassasalari va h.k), ishtirokchilar, homiylar

hamda ota-onalar tomonidan qoplanadi.

VI. Xalqaro tanlovni yoritish masalalari

28. Xalqaro tanlovning barcha jarayonlari Ishchi guruhi (Piar menedjer) tomonidan

tayyorlanadigan “Gold Talents” televizion ko‘rsatuvida “Mening yurtim” hamda

“Renessans” telekanali orqali efirga uzatiladi.

29. Bundan tashqari barcha jarayonlar bilan bog‘liq ko‘rsatuvlar, eshittirishlar,

intervyular, kunlik tezkor xabarnomalar Mamlakatimiz va xalqaro maydonda keng

yoritiladi.

VII. Yakuniy qoidalar

30. Xalqaro tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar

Tashkiliy qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi.

31. Mazkur Xalqaro tanlov nizomidagi loyihalar, g‘oyalar, so‘zlar, jumlalar,

atama so‘zlardan turli tashkilotlar tomonidan ko‘chirish xalqaro huquq normalariga

asosan qat’iyan taqiqlanadi.

Mazkur nizom to‘liq yangi tahrirda ishlab chiqildi va 3-nusxada tasdiqlandi.

23.03.2026-yil

Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita telefonlari

+998 95-008-59-29

+998 95-008-69-29

Report Page