Go dasturlash tilini o'rganish uchun manbalar

Go dasturlash tilini o'rganish uchun manbalar

Golangdevs.uz


Kundan-kunga ommalashib kelayotgan Go dasturlash tilini o'rganishga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Quyida go dasturlash tilini o'rganish uchun manbalarni keltirib o'tmoqchimiz.


Golang

O'zbek tilida ingliz yoki rus tilidagidek ko'p bo'lmasa ham lekin kontent mavjud va ko'payib bormoqda. Misol uchun Farkhod Dadajonovning go tili uchun maxsus darslari YouTube ijtimoiy tarmog'i va Mohirdev onlay platformasiga joylangan(link). Shuningdek, Mohirdev platformasida Saud Abdulwaheedning ham go tili bo'yicha praktikumi mavjud.


Agar siz Rus tilini bilsangiz, http://golang-book.ru/ sayti yoki community guruhi a'zolaridan tavsiya qilingan stepik.org(link) saytidagi go tili bo'yicha kurslaridan ham o'rganishingiz mumkin

Ingliz tilida kontent yetarli darajada topiladi, quyida ulardan ba'zilarini keltirib o'tamiz.


A Tour of Go

(bepul)

Goni o'rganish uchun eng yaxshi manbalardan biri. https://tour.golang.org/ rasmiy veb sahifasi orqali bir vaqtning o'zida go tilini o'rganib, vebsaytning o'zida go kodlarni run qilishingiz mumkin.


Effective Go

(bepul)

Ushbu sahifada faqatgina syntax emas, balki qo'shimcha tavsilotlarga ham ega, https://go.dev/doc/effective_go sayti orqali goni effektiv o'rganing!


Golang FAQ

(bepul)

Goning rasmiy vebsayti www.golang.org da ham ko'plab ma'lumotlar bor. Masalan, uning FAQ bo'limi - https://go.dev/doc/faq


Go by Example

(bepul)

Ushbu https://gobyexample.com/ sahifasida go tili haqida ma'lumotlarni kod namunalari bilan topishingiz mumkin.


Go Bootcamp Book

(bepul)

http://www.golangbootcamp.com/ sayti orqali Go Bootcamp kitobini ham o'qishingiz mumkin.


Golang Cafe

(bepul)

Golang cafening blog bo'limida(link) va YouTube kanali(link)dan goni o'rganishingiz mumkin


TutorialEdge

(bepul va pulli)

YouTube kanal

Veb sahifa


Qo'shimcha manbalar

(pulli)

Go tilini o'rganish uchun shuningdek educative.io, udemy.com, medium.com va YouTube.com kabi ta'lim saytlaridan ham foydalansangiz bo'ladi. Learning Go, Mastering Go kabi kitoblar ham tavsiya qilinadi.(Ushbu kitoblarni Googlening Play books ilovasida rasmiy tekin namunalarini topishingiz mumkin)


Foydalanilgan manbalar

  • Golang cafe blog(link).
  • Medium.com maqola(link).
  • Community guruhimiz(link).


Bizning sahifalarimiz:

  • Telegram kanal(link)
  • Telegram guruh(link)
  • YouTube kanal(tez kunda)

Report Page