Go - oson, ishonchli va samarali dasturlash tili

Go - oson, ishonchli va samarali dasturlash tili

PDP.uz | Administration

Google kompaniyasi o’zining shaxsiy dasturlash tilini ishlab chiqganligi ko’pchilikka sir emas. Bugungi kunda ushbu kompaniya texnologiya sohasida tassavur qilish mumkin bo'lgan har qanday yo’nalishga shiddat bilan kirib, o’z inqiloblarini hosil qilishmoqda. Xuddi shu kabi Google kompaniyasining asosiy “muloqot” tili hisoblangan Go dasturlash tili 2007-yilda Robert Griesemer, Rob Pike va Ken Tompsonlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, 2009-yilda rasman ochiq kodli dasturlash tili sifatida ommaga taqdim etilgan. To’g’ri u JavaScript yoki Python kabi dasturlash tillari kabi mashxur bo’lib ulgurmagan bo’lsada, Go dasturlash tili foydalanuvchilarga ko’plab imkoniyatlar yaratib bera oladi.

Ushbu maqolamiz davomida biz Go dasturlash tilining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib chiqamiz:

Foydalanish uchun oson

Go JavaScript yoki Pythondek ommalashmagan bo’lsada, ularni bog’lab turadigan bitta umumiy jihat bor: tushunish va o’rganish juda oson. Ammo bu sintaksis yangi yaratilgan tillardan ko'ra ko'proq afzalliklarga ega. Sababi, uni o'qish oson bo'lib, bir nechta dasturchilarga bir-birlarining dastur bloklarini to’ldirib ketish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu til sintaksis jihatdan C dasturlash tillariga o’xshab ketadi. 

Aqlli kutubxona

Go foydalanuvchilari qo’shimcha kutubxonalarni yuklab olmasdan turib shu tilda mavjud bo’lgan kutubxonalardan foydalangan holatda ham o’zlariga ma’qul bo’lgan dasturlarni yarata oladilar. Bu Go dasturlash dunyosiga eng aqlli qo'shimchalardan biri bo'lib, ular sizning ma'lumotlar bloklaringizga ma'lumotlar tuzilmalarini qo'shishning sodda usulini taklif etadi. Boshqa tillarda murakkab ishlashni talab qiladigan bir qator vazifalarni Go interfeysi orqali bitta qatorli kod yordamida bajarish mumkin.

Googlening asosiy dasturlash tili

Googlening yaqin orada biror sohaga kirmasligi qiyin masala. Shu bilan bir qatorda ushbu yaqin orada unga raqobatdosh qidiruv tizimi yuzaga chiqishi ham dargumon. Google hatto software ishlab chiqaruvchi sifatida Microsoft kompaniyasini ham chetga sura olgan kuchli kompaniya sifatida e'tirof etiladi. Go dasturlash tili bu ularning asosiy ish quroli bo’lib, yaqin orada ushbu til o’z o’rnini boshqa tilga bo’shatib bermaydi. Demak, Go hali uzoq yillar Google kompaniyasi arxitekturasida uzoq vaqt davomida katta ro’l o’ynashiga amin bo’lasiz. 

Aqlli hujjatlar

Go - yozish va o'qish uchun juda sodda til bo'lsa-da, bu dasturlarni hujjatlashtirish zaruratini yo'qqa chiqarmaydi. Barcha funksiyalar va kutubxonalarni hujjatlashtirish uchun standart qoidalar mavjud va hujjatlarni joyiga qo'yishni unutganingizda Google tili sizni ogohlantiradi. Bu yosh dasturchilar uchun ayniqsa qimmatli narsadir, chunki ular tezkor hujjatlar bilan ishlashga odatlanib qolishadi.

Yuqori darajadagi xavfsizlik

Oddiy kod, odatda, murakkab koddan xavfsizroqdir va bu aynan Goga tegishli. Statik yozilgan til sifatida siz yanada dinamik tillarda mavjud bo'lgan o'zgaruvchan turlarning sonidan kelib chiqadigan xatolarni aniqlash qiyin va murakkab emas. Shu bilan bir qatorda unda dastur kodingizni oshib ketmasligi uchun ortiqcha kodlarni yig’adigan maxsus xotira qutisi ham mavjuddir. Garchi generiklarning yo'qligi kodlarni ishlatadigan testlarni sinchkovlik bilan bajarish kerakligini anglatsa-da, xatolarni aniqlash boshqa alternativalarga qaraganda osonroq va umuman toza kodni yozishda yanada yaxshiroq yondoshishga yordam beradi.

Go ning asosiy kamchiligi

Ushbu dasturlash tiling eng katta afzalligi bir paytning o’zida undagi eng katta kamchilikni ham keltirib chiqaradi. Go o’rganish uchun juda oson til bo’lishi mumkin, lekin bu uning serqirraligiga salbiy ta’sir keltirib chiqaradi. Dasturlash bozorida foydalaniladigan Swift va Haskell kabi murakkab tillarni o’rganish qiyin ammo ular o’z mavhumligi bilan dasturchilar salohiyatini oshirishga katta hissa qo’shadilar. Bu esa dasturchilar uchun juda ahamiyatli jarayondir.


Qo’shimcha ma’lumot uchun bizga murojaat qiling.

Telefon: + 99897 447 47 41; + 99895 177 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram-kanal: @PdpUzOfficial

Bizning manzil: Toshkent sh. Shayxontohur tum., Zarqaynar ko'ch., 3B-uy

Moʻljal: Davlat Sirki

Sayt: http://pdp.uz/

Facebook: fb.me/pdp.uz

Report Page