Goʻshtli non
⏳Miks go'shtli non, xamiri xam judayam mayin, bitta qisela bu xamirini faqat shundan qiladigan bo'lasila anniq, yumshoq va onson qilinishi👌😋❤️
Kerakli massaliqlar:
Sut -200ml
Saryog' -100gr
Droja -1osh.q
SHakar -1ch.q
Tuz -0.5ch.q
Un -310gr +-
Ichiga:
Qiyma -250gr
Piyoz -1ta
Kartoshka -1ta kichkina
Paprika va ziravorlar xoxishga ko'ra
Tovuq go'shti -250gr
Piyoz -1ta
Paprika va ziravorlar xoxishga ko'ra
Sir -100gr xoxishga ko'ra
Tayyorlanishi
Iliq sutga eritilgan saryog', droja,shakar,tuz va unni oz ozdan qo'shib yumshoq, sal qo'lga yopishadigan xamir qilamiz. Qo'ldan ajratolish un ustini va qo'lni yog'lavoramiz va ustini yopib 30daqiqaga oshirishga qo'yamiz.
Oshgan xamirni sal kichik va sal kotta qilib 2ga bo'lamiz. Kotta qismini yoyib ustiga tayyor qilib qo'ygan go'shtlarimiz yoyib, ustidan qolgan xamirni yoyib, chetini tugib, ustiga tuxum sarig'i surib, xoxishga ko'ra sedana sepib(man 2xil go'shtdan foydalanganim uchun ajratish maqsadida yarim kunjut xam sepdim) oldindan 180gradusda qizib turgan duxovkaga 40daqiqaga yuvoramiz. Pishgan pirogimizi chiroyli qib kesib dasturxonga tortamiz.
Cooking_lover_gulruh sahifasidan olindi
Yoqimli ishtaxa😋 🥰 💛
Kunlik_retseptlar kanalı
____________________