Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash

Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash

@itspecuz

Gmail akkauntini o‘chirish yoki aksincha uni qayta tiklash istagida bo‘lsangiz, unda ushbu maslahatlarimiz sizga qo‘l keladi.

Gmail akkauntini o‘chirish

  • Google akkauntlarini boshqarish markaziga o‘ting.
  • Ekranning o‘ng tepa burchagidagi “Kirish” (“Войти”) tugmasini bosgan holda akkauntingizga kiring.
  • Akkauningiz sozlamalariga o‘ting.
  • Sahifa ostidagi “Xizmatlarni o‘chirish” (“Удалить сервисы”) tugmasini toping va uning ustiga bosing.
  • Akkauntingiz parolini yana bir bor kiriting.
  • Gmail ikonkasi ro‘parasidagi urna ko‘rinishidagi belgini tanlang.
  • Sizga Gmail bilan bog‘liq bo‘lmagan pochtaga xatni yuborish va tasdiqlash bo‘yicha taklif beriladi.
  • Akkauntni o‘chirish uchun xatdagi havola bo‘yicha o‘ting.

Keyinchalik Google akkauntiga qayta kirish uchun o‘chirishni tasdiqlash bo‘yicha pochta manziliga kelgan xatdan foydalanish mumkin.

Gmail akkaunti va Google’ning boshqa xizmatlarini o‘chirish

  • Google akkauntlarini boshqarish markaziga o‘ting.
  • Ekranning o‘ng tepa burchagidagi “Kirish” (“Войти”) tugmasini bosgan holda akkauntingizga kiring.
  • Akkauningiz sozlamalariga o‘ting.
  • Sahifa ostidagi “Akkaunt va ma’lumotlarni o‘chirish” (“Удалить аккаунт и данные”) tugmasini toping va uning ustiga bosing.
  • Akkauntingiz parolini kiriting.
  • “Akkauntni o‘chirish” (“Удалить аккаунт”)ga bosing.

Gmail’ning o‘chirilgan akkauntini tiklash

Siz o‘chirilgan akkauntni yetti kun ichida qayta tiklab olishingiz mumkin. Buni esa quyidagicha amalga oshirasiz:

  • Akkauntni tiklash sahifasiga o‘ting.
  • Pochta manzilingiz yoki unga biriktirilgan telefon raqamingizni kiriting.
  • “Akkauntni tiklashga urinish” (“Попытаться восстановить аккаунт”)ga bosing.
  • Akkauntingiz parolini kiriting.

Agar ma’lumotlarni saqlab turish muddati yakuniga yetmagan bo‘lsa unda akkauntingiz tiklanadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page